https://oz.sputniknews.uz/20220307/uqkning-dengizga-chiqish-yoli-yopilgan-bu-nimani-anglatadi-23176152.html
UQKning dengizga chiqish yo‘li yopilgan: bu nimani anglatadi
UQKning dengizga chiqish yo‘li yopilgan: bu nimani anglatadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Ukraina harbiy obyektlarini yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash operatsiyasi bir maromda davom ettirilmoqda. Kiyev rejim nazorat qiliyotgan hudud... 07.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-07T06:05+0500
2022-03-07T06:05+0500
2023-04-05T18:36+0500
kolumnistlar
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23175887_0:73:3383:1975_1920x0_80_0_0_c27b7a6a64c550e34a258765842b45a4.jpg
Rossiya qo‘shinlari Ukraina ustidagi havo maydonini to‘liq nazorat qilmoqda va shahar infratuzildmasini vayron qilmasdan, faqat Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) obyektlriga zarba bermoqda.Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari Ukrainaning deyarli barcha hududlarini qamrab olgan katta frontda hujum qilmoqda. O‘tgan sutkada 10 ta aholi punkti nazoratga olindi. Avvalroq Rossiya qo‘shinlari Melitopol, Genichesk, Berdansk, Chernobil va Zaporoj AESlarini nazorat ostiga olishgandi, Kiyev, Chernigov, Konotop, Sumi, Xersonni bloklab, Shimoliy Qrim kanali ishini qayta tiklashgandi. Lugans va Donesk xalq respublikalarining qo‘shinlari muvaffaqiyatli hujum qilishmoqda.Kiyev va Xarkovdagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda. “Hududiy mudofaa” otradlari ko‘chalarda minalar joylashtirib, tinch aholi uchun xatarni oshirishmoqda. Xarkov va Mariupol “qozonlarini” bitirish Kiyev rejimining taslim bo‘lish fursatini yaqinlashtirish imkonini beradi.Rossiya qo‘shinlari taktikasi yirik aholi punktlarini shtrum qilishni nazarda tutmaydi, shaharlar shunchaki o‘rab olinadi. Ukraina harbiy infratuzilmasi tunu kun yakson qilinmoqda. Shunday qilib, uzoq masofaga uchuvchi yuqori aniqlikdagi qurol zarbasi bilan Javelin va NLOW tankka qarshi majmualar saqlangan Jitomirdagi o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.Maxsus operatsiyaning 10 kuni davomida Rossiya Qurolli kuchlari UKQning 2037 ta obyektlarini yo‘q qilishgan: 71 ta boshqarish va aloqa punkti, 98 ta S-300, “Buk M-1” va “Osa” havo hujumiga qarshi raketa zenit majmualari, 61 ta radiolokatsion stansiya, 66 ta samolyot yerda va 16 ta havoda, 56 ta uchuvchsisiz uchish qurilmasi, 708 ta tank va boshqa zirhli mashinalar, 74 ta zalp bilan otiladigan reaktiv tizimi, 260 donadan ziyod artilleriya, 505 ta harbiy avtomobillar.Yevropa millatchilardan tozalanishdan qo‘rqadiUkraina harbiy infratuzilmalarini yakson qilish yakunlanmoqda. Qarshilik ko‘rsatish behuda, boz ustiga Rossiya qo‘shinlari tinch aholiga zarar yetkazish va Ukrainani bosib olish niyatida emaslar. UQK aloqaning havo va dengiz yo‘llaridan uzib qo‘yilgan.Kiyev rejimi Polsha, Slovakiya, Vengriya va Ruminiya bilan davlat chegarasidagi uchastkalardan xorijiy yollanmalar va “mudofaa qurolini” olib o‘tish uchun foydalanmoqda. G‘arbning bu saxovatpeshaligi ukrain harbiy xizmatchilari orasida qurbonlarning ko‘payishini kafolatlaydi, xolos.“Hamkorlarning” buzg‘unchilik urinishlari Rossiyaning maqsadlari va operatsiyaning harbiy siyosiy yakuniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Eslataman, ilgari Moskva Yevropa xavfsizligi muammosini diplomatik yo‘l bilan hal qilishni taklif qilgandi, biroq Vashington va Brussel tepkilari bilan Ukrainani uni ikkinchi Afg‘oniston qilish uchun urushga itardi.Jang maydonida va moliyaviy jihatdan – G‘arb Rossiyaga maksimal zarar yetkazmoqchiRossiya taqani bukmoqdaXarkovdan shimoli-g‘arbga bo‘lgan Ukraina mudofaasi batamom bostirilgan. Bu UQKning g‘arb yo‘nalishida guruhlarga bo‘linib olish urinishlarining oldini olishga imkon beradi. Ukrain OAVlari jamoatchilikdan frontdagi mag‘lubiyatni yashirish uchun xaritadagi shaharlarni “bir joydan boshqa joyga ko‘chirishni” boshlashdi. Atigi 10 kun o‘tdi-ku.Balki, Dnepr chizig‘ida Rossiya maxsus operatsiyasi to‘xtab qolmas, qo‘shinlarning sharqdan, shimoldan va janubdan (xaritada taqa bo‘lib ko‘rinadi) hujumlari Kiyevni to‘liq o‘rab olishga imkon beradi, birin-ketish boshqa yirik shaharlarni ham - Nikolayev, Odessa, Lvov. Quruqlikdagi qo‘shinlar, Havo harbiy kuchlari va Rossiyaning Azov va Qora dengizdagi Harbiy dengiz kuchlaridan hali to‘liq foydalanilmagan.AQSh razvedkasi Rossiya Ukraina bo‘ylab kuchli havo zarba berishdan bosh tortayotganidan o‘yga tolib qolgan. Aksariyat amerikaliklar uchun Mosul va Kiyev o‘rtasida katta farq yo‘q. Ukraina bosh shtabini bir savol qiynamoqda: “Nega Rossiya qo‘shinlari haligacha Odessada desant tushirishmadi?”.Kiyev hukumati aksariyati jinoyatchi bo‘lganlarga 25 500 ta Kalashnikov avtomotlarini tarqatdi, otishmalarda yuzlab tinch aholi halok bo‘ldi.NATO Rossiyaga qarshi urush e’lon qilyaptimi?5 mart kuni Mariupol va Volnovaxadagi ehtimoliy 200 ming qochoqdan jami 17 tasi ochiq gumanitar yo‘laklardan foydalanishdi. Millatchilar tinch aholini hatto xorijliklarni qo‘yib yuborishmayapti, ulardan “tirik qalqon” sifatida foydalanishmoqda. BMT Xavfsizlik kengashida Afrika mamlakatlari ukrain chegarasida qora tanlilar tahqirlanayotganini qoralashgani tasodif emas.Hatto Amerikaning “Washington Post” gazetasi g‘azablanib ta’kidladiki, Ukraina “Jeneva konvensiyasini buzayotgan... qonli onlayn kampaniya” olib bormoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Rossiya qo‘shinlari oldinga qo‘yilgan vazifalarni bajarishadi va Ukraina hududida “yaxshini yomondan” ajaratadi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Kiyev rejimining ahmoqona xulq-atvoriga to‘xtalib o‘tdi: “Agar ular shu yo‘sinda davom ettiradigan bo‘lishsa, ular ukrain davlatchiligi kelajagini savol ostiga qo‘yishadi”. Va bu bo‘lib o‘tayotgan voqealarni aql-idrok bilan baholashga qodir bo‘lmagan g‘arblik “hamkorlarga” juda jiddiy ogohlantirish.Ukraincha “korrida”Evropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ispan radiosi efirida YeI Rossiya bilan urush olib bormayotgani, hujum qilingan Ukraina tomonida ekanini ma’lum qildi. Ilgari Borrel UQKga 450 million yevrolik qurol-yarog‘ni yordam sifatida jo‘natish zarurligini aytgandi. Ko‘rinib turibdiki, Yevropa ittifoqi NATO va Pentagonning filialiga aylanmoqda.Rossiya tashqi razvedka xizmati Polsha Ukrainaga qurol va yollanmalarni jo‘natish uchun bazaga aylangani haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi. Polsha hududida Kiyev rejimini Rossiya qo‘shinlari harakati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlab turgan AQSh, Britaniya, Kanada va NATOning boshqa mamlakatlarining razvedka tarmoqlari ochilgan.“Bild” gazetasi Berlin Ukrainaga 1000 ta tankka qarshi majmua va 500 ta “Stinger” zenit raketa majmuasi hamda 2700 ta “Strela” ko‘chma zenit majmuasini yetkazib berishga qaror qilganini xabar qildi. Ular GDR ixtiyorida bo‘lgan va 35-yilcha omborlarda saqlangan. Bunday yasama g‘amxo‘rlikning kimga keragi bor? Ukrainaning katta qismida halokatli gumanitar vaziyat yuzaga kelgan, ko‘plab yevropaliklar uchun esa bu shunchaki “korrida”.Amerikalik “muxlislar” tushunishga urinishmoqda – ukrainaliklarga Turkiyaning “Bayraktarlari” yordam bera olishadimi. Pentagon anchadan buyon 280 ta qadimiy “Borodavichnik” – A-10 Warthog shturmchilaridan xalos bo‘lishni rejalashtirmoqda, lekin ularni Ukrainaga berishni AQSh HHK hatto muhokama qilmayapti.Ruminiya va Slovakiya Ukraina uchuvchilariga yordam qo‘llarini cho‘zishmoqchi edi, lekin ularning sovet davrida ishlab chiqarilgan eskirgan qiruvchilarini NATO safida hech narsa bilan o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi. NATOning Ukraina ustida uchishni taqiqlash haqidagi qandaydir suhbatlar ham - xomxayol.Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi: maqsad – demilitarizatsiyaBoshqa tomondan, amerikaliklar, yevropaliklar va ukrainlarning Rossiyaga bo‘lgan nafrati haqidagi mish-mishlar haddan ziyod bo‘rttirilgan. O‘n yillar ham o‘tmasdan qarabsizki, ukrain xalqi yana qardosh va do‘st bo‘ladi (urushdan keyingi Polsha va GDR eslaylik). Kollektiv G‘arb tajovuzi davrlariga so‘nggi 800-yil ichida Rossiya to‘liq moslashdi va xotirjamlik bilan hozirgi keskinlikni qabul qiladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23175887_325:0:3056:2048_1920x0_80_0_0_ca7f2b2aad77765a9e69c758ffc112af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, ukraina, rossiya
kolumnistlar, ukraina, rossiya
UQKning dengizga chiqish yo‘li yopilgan: bu nimani anglatadi
06:05 07.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Rossiyaning Ukraina harbiy obyektlarini yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash operatsiyasi bir maromda davom ettirilmoqda. Kiyev rejim nazorat qiliyotgan hudud amalda dengiz yo‘llaridan uzib qo‘yilgan.
Rossiya qo‘shinlari Ukraina ustidagi havo maydonini to‘liq nazorat qilmoqda va shahar infratuzildmasini vayron qilmasdan, faqat Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) obyektlriga zarba bermoqda.
Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari Ukrainaning deyarli barcha hududlarini qamrab olgan katta frontda hujum qilmoqda. O‘tgan sutkada 10 ta aholi punkti nazoratga olindi. Avvalroq Rossiya qo‘shinlari Melitopol, Genichesk, Berdansk, Chernobil va Zaporoj AESlarini nazorat ostiga olishgandi, Kiyev, Chernigov, Konotop, Sumi, Xersonni bloklab, Shimoliy Qrim kanali ishini qayta tiklashgandi. Lugans va Donesk xalq respublikalarining qo‘shinlari muvaffaqiyatli hujum qilishmoqda.
Kiyev va Xarkovdagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda. “Hududiy mudofaa” otradlari ko‘chalarda minalar joylashtirib, tinch aholi uchun xatarni oshirishmoqda. Xarkov va Mariupol “qozonlarini” bitirish Kiyev rejimining taslim bo‘lish fursatini yaqinlashtirish imkonini beradi.
Rossiya qo‘shinlari taktikasi yirik aholi punktlarini shtrum qilishni nazarda tutmaydi, shaharlar shunchaki o‘rab olinadi. Ukraina harbiy infratuzilmasi tunu kun yakson qilinmoqda. Shunday qilib, uzoq masofaga uchuvchi yuqori aniqlikdagi qurol zarbasi bilan Javelin va NLOW tankka qarshi majmualar saqlangan Jitomirdagi o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Maxsus operatsiyaning 10 kuni davomida Rossiya Qurolli kuchlari UKQning 2037 ta obyektlarini yo‘q qilishgan: 71 ta boshqarish va aloqa punkti, 98 ta S-300, “Buk M-1” va “Osa” havo hujumiga qarshi raketa zenit majmualari, 61 ta radiolokatsion stansiya, 66 ta samolyot yerda va 16 ta havoda, 56 ta uchuvchsisiz uchish qurilmasi, 708 ta tank va boshqa zirhli mashinalar, 74 ta zalp bilan otiladigan reaktiv tizimi, 260 donadan ziyod artilleriya, 505 ta harbiy avtomobillar.
Ukraina harbiy infratuzilmalarini yakson qilish yakunlanmoqda. Qarshilik ko‘rsatish behuda, boz ustiga Rossiya qo‘shinlari tinch aholiga zarar yetkazish va Ukrainani bosib olish niyatida emaslar. UQK aloqaning havo va dengiz yo‘llaridan uzib qo‘yilgan.
Kiyev rejimi Polsha, Slovakiya, Vengriya va Ruminiya bilan davlat chegarasidagi uchastkalardan xorijiy yollanmalar va “mudofaa qurolini” olib o‘tish uchun foydalanmoqda. G‘arbning bu saxovatpeshaligi ukrain harbiy xizmatchilari orasida qurbonlarning ko‘payishini kafolatlaydi, xolos.
“Hamkorlarning” buzg‘unchilik urinishlari Rossiyaning maqsadlari va operatsiyaning harbiy siyosiy yakuniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Eslataman, ilgari Moskva Yevropa xavfsizligi muammosini diplomatik yo‘l bilan hal qilishni taklif qilgandi, biroq Vashington va Brussel tepkilari bilan Ukrainani uni ikkinchi Afg‘oniston qilish uchun urushga itardi.
Xarkovdan shimoli-g‘arbga bo‘lgan Ukraina mudofaasi batamom bostirilgan. Bu UQKning g‘arb yo‘nalishida guruhlarga bo‘linib olish urinishlarining oldini olishga imkon beradi. Ukrain OAVlari jamoatchilikdan frontdagi mag‘lubiyatni yashirish uchun xaritadagi shaharlarni “bir joydan boshqa joyga ko‘chirishni” boshlashdi. Atigi 10 kun o‘tdi-ku.
Balki, Dnepr chizig‘ida Rossiya maxsus operatsiyasi to‘xtab qolmas, qo‘shinlarning sharqdan, shimoldan va janubdan (xaritada taqa bo‘lib ko‘rinadi) hujumlari Kiyevni to‘liq o‘rab olishga imkon beradi, birin-ketish boshqa yirik shaharlarni ham - Nikolayev, Odessa, Lvov. Quruqlikdagi qo‘shinlar, Havo harbiy kuchlari va Rossiyaning Azov va Qora dengizdagi Harbiy dengiz kuchlaridan hali to‘liq foydalanilmagan.
AQSh razvedkasi Rossiya Ukraina bo‘ylab kuchli havo zarba berishdan bosh tortayotganidan o‘yga tolib qolgan. Aksariyat amerikaliklar uchun Mosul va Kiyev o‘rtasida katta farq yo‘q. Ukraina bosh shtabini bir savol qiynamoqda: “Nega Rossiya qo‘shinlari haligacha Odessada desant tushirishmadi?”.
Kiyev hukumati aksariyati jinoyatchi bo‘lganlarga 25 500 ta Kalashnikov avtomotlarini tarqatdi, otishmalarda yuzlab tinch aholi halok bo‘ldi.
5 mart kuni Mariupol va Volnovaxadagi ehtimoliy 200 ming qochoqdan jami 17 tasi ochiq gumanitar yo‘laklardan foydalanishdi. Millatchilar tinch aholini hatto xorijliklarni qo‘yib yuborishmayapti, ulardan “tirik qalqon” sifatida foydalanishmoqda. BMT Xavfsizlik kengashida Afrika mamlakatlari ukrain chegarasida qora tanlilar tahqirlanayotganini qoralashgani tasodif emas.
Hatto Amerikaning “Washington Post” gazetasi g‘azablanib ta’kidladiki, Ukraina “Jeneva konvensiyasini buzayotgan... qonli onlayn kampaniya” olib bormoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Rossiya qo‘shinlari oldinga qo‘yilgan vazifalarni bajarishadi va Ukraina hududida “yaxshini yomondan” ajaratadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Kiyev rejimining ahmoqona xulq-atvoriga to‘xtalib o‘tdi: “Agar ular shu yo‘sinda davom ettiradigan bo‘lishsa, ular ukrain davlatchiligi kelajagini savol ostiga qo‘yishadi”. Va bu bo‘lib o‘tayotgan voqealarni aql-idrok bilan baholashga qodir bo‘lmagan g‘arblik “hamkorlarga” juda jiddiy ogohlantirish.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ispan radiosi efirida YeI Rossiya bilan urush olib bormayotgani, hujum qilingan Ukraina tomonida ekanini ma’lum qildi. Ilgari Borrel UQKga 450 million yevrolik qurol-yarog‘ni yordam sifatida jo‘natish zarurligini aytgandi. Ko‘rinib turibdiki, Yevropa ittifoqi NATO va Pentagonning filialiga aylanmoqda.
Rossiya tashqi razvedka xizmati Polsha Ukrainaga qurol va yollanmalarni jo‘natish uchun bazaga aylangani haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi. Polsha hududida Kiyev rejimini Rossiya qo‘shinlari harakati haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlab turgan AQSh, Britaniya, Kanada va NATOning boshqa mamlakatlarining razvedka tarmoqlari ochilgan.
“Bild” gazetasi Berlin Ukrainaga 1000 ta tankka qarshi majmua va 500 ta “Stinger” zenit raketa majmuasi hamda 2700 ta “Strela” ko‘chma zenit majmuasini yetkazib berishga qaror qilganini xabar qildi. Ular GDR ixtiyorida bo‘lgan va 35-yilcha omborlarda saqlangan. Bunday yasama g‘amxo‘rlikning kimga keragi bor? Ukrainaning katta qismida halokatli gumanitar vaziyat yuzaga kelgan, ko‘plab yevropaliklar uchun esa bu shunchaki “korrida”.
Amerikalik “muxlislar” tushunishga urinishmoqda – ukrainaliklarga Turkiyaning “Bayraktarlari” yordam bera olishadimi. Pentagon anchadan buyon 280 ta qadimiy “Borodavichnik” – A-10 Warthog shturmchilaridan xalos bo‘lishni rejalashtirmoqda, lekin ularni Ukrainaga berishni AQSh HHK hatto muhokama qilmayapti.
Ruminiya va Slovakiya Ukraina uchuvchilariga yordam qo‘llarini cho‘zishmoqchi edi, lekin ularning sovet davrida ishlab chiqarilgan eskirgan qiruvchilarini NATO safida hech narsa bilan o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi. NATOning Ukraina ustida uchishni taqiqlash haqidagi qandaydir suhbatlar ham - xomxayol.
Boshqa tomondan, amerikaliklar, yevropaliklar va ukrainlarning Rossiyaga bo‘lgan nafrati haqidagi mish-mishlar haddan ziyod bo‘rttirilgan. O‘n yillar ham o‘tmasdan qarabsizki, ukrain xalqi yana qardosh va do‘st bo‘ladi (urushdan keyingi Polsha va GDR eslaylik). Kollektiv G‘arb tajovuzi davrlariga so‘nggi 800-yil ichida Rossiya to‘liq moslashdi va xotirjamlik bilan hozirgi keskinlikni qabul qiladi.