Ukrainadagi xorijlik yollanma jangchilar Yevropa va dunyoga nima va’da berishadi

© Pexels / PixabaySoldati, illyustrativnoe foto
Soldati, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainada xorijlik yollanma jangchilarning paydo bo‘lishi – AQSh va NATOning Rossiyaga qarshi proksi urushi.
“Xorijiy legion” – unda Ukraina davlatchiligi va YeI farovonligi yakunlanishi muqarrar bo‘lgan alyansning Yevropa mamlakatlarini Rossiya bilan bevosita qurolli mojaroga bosqichma-bosqich jalb qiluvchi vosita.
Butun dunyo bitta savolni bermoqda: bugun Ukrainada nimalar ro‘y bermoqda? Rossiya prezidenti Vladimir Putin javob beradi: “Maxsus harbiy operatsiya jadvalga, rejaga binoan qat’iy olib borilmoqda. Oldinga qo‘yilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli hal qilinmoqda”. Boz ustiga Rossiya Qurolli kuchlari faqat harbiy infratuzilma va ukrain qo‘shinlariga qarata zarba berishmoqda, tinch aholiga hech nima tahdid solmayapti.
Asosiy qarshilik ko‘rsatish o‘choqlari bartaraf etildi, millatchilar yo‘q qilindi yoki yo‘q qilinadi. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) ular tinch aholi ortida berkinayotgani, turar joy, bolalar bog‘chalari va maktablarda jangovar pozitsiyalarini o‘rnatayotgani, yadro obyektlarida yong‘in chiqarayotgani sabab hozircha batamom yakson qilinmagan.
Rossiya armiyasi Zaporojye AESda dahshatli ig‘vo uyushtirilishining oldini oldi. Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish (demilitarizatsiya) va uni millatchilik g‘oyalardan tozalash (denatsifikatsiya) operatsiyasi oxirigacha yetkaziladi. Hech kim unga xalal berolmaydi.
Rossiya maxsus operatsiyasining muvaffaqiyatiga amerikalik harbiy tahlilchilar shubha qilishmayapti. Shunday bo‘lsada Vashington Ukrainada ko‘proq qon to‘kilishini xohlaydi. G‘arb Rossiya bilan proksi urushning navbatdagi bosqichiga kechdi – xorijlik yollanma jangchilarning yangi otradlarini shakllantirish, qurollantirish va yuborish. “QVZ (KVN) qatnashchisi” Vladimir Zelenskiy Ukraina uchun 16 ming chet ellik “ko‘ngilli” jang qilishini xabar qildi.
Bir nechta Yevropa mamlakatlari hukumatlari (Britaniya, Daniya, Latviya, Polsha, Xorvatiya) o‘z fuqarolariga Ukraina hududida Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashishga rasman ruxsat berishdi.
Polsha orqali Ukrainaga 200 xorvat yollanmalari kelishdi. 26 litvalik “Aydar” milliy bataloniga qo‘shildi. To‘rt yuz shved va ellik norvej qatnashishga qaror qilishdi. GFRdan ekstremistlarning “bir qanchasi” yo‘lga chiqishdi. Gumanitar yo‘lak orqali hammasi ham uyga qayta olmaydi, bunda qat’iy qoida bor. Misol uchun, Suriyada Rossiya harbiylari 113 ming jangarini, jumladan, MDH mamlakatlaridan bo‘lgan 4500 “ko‘ngillini” yo‘q qilishdi.
Boshqa tarafdan, xorijliklar qancha ko‘p bo‘lsa, maydondagi muvofiqlik va boshqaruv shunchalik kam bo‘ladi. Rossiya Mudofa vazirligi Zelenskiy UQK va xorijlik yollanma jangchilar bo‘lgan qo‘poruvchi guruhlar ustidan nazoratni yo‘qotib bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Texnologik qatnashish

AQSh prezidenti Jozef Bayden va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg har kuni deyishadiki, Pentagon va alyans Ukrainadagi mojaroning ishtirokchilari emaslar. Va hatto Ukrainaning havo maydonini yopish niyatlari yo‘q (go‘yoki ularda bunday imkoniyat bordek). Ammo “hamkorlarning” Bandera rejimi tomonidan jangovar harakatlarda harbiy texnika, logistika va iqtisodiy qatnashishi oyday ravshan.
Oq uy 4-mart kuni AQSh Ukrainaga “real vaqt rejimidagi” Rossiya qo‘shinlari haqida razvedka ma’lumotlarini berayotganini tasdiqladi. Buning uchun Amerikaning sun’iy yo‘ldosh guruhi, yerdagi radiolokatsion stansiyalari va NATO sharqiy qanotdagi AWACS samolyotlaridan foydalanilmoqda.
Alyansning razvedka ma’lumotlari UQKga “nima qayerda uchayotgani” haqida tasavvurga ega bo‘lishga yordam bermoqda, qisman vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Amerikaliklar Kiyev rejimini “Stinger” ko‘chma zenit raketa majmualari, “FGM-148 Javelin” tankka qarshi majmualar va boshqa “mudofaa” qurol-aslahasi bilan ta’minlamoqda. Bu UQK va xorijiy yollanma jangchilar orasida qurbonlar sonini oshiradi, xolos.
Amerikaliklarga Yevropa markazidagi “Afg‘oniston”dan naf bor. Pentagonning Ukrainadagi roli mutlaqo ravshan. Rossiya operatsiyasi ortidan AQShning harbiy budjeti 2023-yilda taxminan 780 milliard dollarga oshadi. Vashington yevropalik ittifoqchilarni “bunyod qildi”, faol o‘zining qurol-yarog‘i va suyultirilgan tabiiy gazini sotishni boshlaydi. Anchagina dividendlar amerikaliklarga hozircha betaraf bo‘lgan Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga ehtimoliy qo‘shilishiga va’da bermoqda.
Xususan, Germaniya foydali “Shimoliy oqim-2” loyihasini muzlatishdan tashqari nimaga erishadi? Nemis OAVlari 2-mart kuni GFRdan Ukrainaga “Stinger” va “Panzerfaust” yetkazib berilganini xabar qilishgandi.
Amerikaliklar keltirib chiqargan Yevropadagi mojaro nemis iqtisodiyoti rivojlanishiga jiddiy ziyon yetkazadi. YeIning barcha mamlakatlari jabr ko‘radi, ko‘proq o‘zining “ko‘ngillilari” bilan Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashayotganlari. Ukraina umri poyoniga yetib borayotgan piyoda rolini o‘ynamoqda, bir hafta ichidani uni bir milliondan ziyod fuqarosi tark etdi.

Qiyomat choparlari

G‘arb “keskinlikning yopiq halqasida” qolib ketdi. Biror bir narsa o‘zgarmadi. Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov ma’lum qildiki, NATO 2022-yil yozida Ukraina hududida to‘rtta qo‘shin brigadalarini joylashtirishni rejalashtirgandi. Yil oxirida “hamkorlar” Ukraina qo‘li bilan Rossiya bilan yadro mojarosini keltirib chiqarishmoqchi bo‘lishgan, ammo Moskva 2021-yil dekabrida bu rejalardan xabar topgan va harbiy texnik choralarni ko‘rgan.
Ukrainaning g‘arbiy viloyatlarida millatchilar chaqiruv yoshiga yetgan erkaklarni “ovlashmoqda”, ko‘chalarda va vokzallarda tutib olib, voyenkomatlarga jo‘natishmoqda. Amalda o‘qitilmagan va tushkunlikka tushgan kishilarni mazmunsiz o‘limga yuborishmoqda. “Yevropaning eng kuchli armiyasi” qayerda qoldi?
G‘arb uchun hammasi qanday yaxshi boshlangandi: 200 ming sonli ukrain qo‘shinlari “Javelina" va "Stinger”lar, qariyb 900 ta tank va Ukraina Dengiz harbiy kuchlari katerlarining to‘dasi bilan. “Himoyachilar” “Bandera otalari” va AQSh manfaatlari uchun bepul o‘limga deyarli shaylar. Ukraina hududida Pentagon laboratoriyalari ishlyapti, NATO bazalari va Amerika yadro quroli uchun joy qurilmoqda. Hammasi o‘tmishda.
Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalashga qaratilgan Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi – G‘arb tomonidan boshqarilayotgan “mustaqillikning” o‘ttiz yillik yakuni va ukrain xalqining sog‘lom qismini qutqarish. Rossiya operatsiyasi davomida bunaqa “davlatchilik” Yevropa va dunyo uchun qanchalik xavfliligi yanada oydinlashadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3-mart kuni dediki: “Ko‘p yillar aynan shu maqsad uchun hozirlashgan anti-Rossiya bilan tahdid qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz. Ustiga ustak so‘nggi paytda bo‘lganidek yadro quroli bilan tahdid qilishlariga”. Moskva xulosa chiqarishi muqarrar, Kiyevning qo‘g‘irchoq reji uchun fojiali bo‘lgan. Ukraina “Germaniya kabi” millatchilik g‘oyalaridan tozalanadi.
2 mart kuni Palata vakillari qo‘mitasida Rossiyaning AQShga xavfsizlik sohasida NATOning 1997-yilgi holatiga qaytarish taklifini tinglab chog‘ida AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman uni “kulgili so‘rov” deb munosabat bildirdi. Ammo tarixiy tajriba guvoh beradiki, G‘arb “hamkorlarining” mas’uliyati jazoga tortmay qoldirish yo‘qolgan joyda paydo bo‘ladi.

Mavzuga oid:

Putin Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatib turish shartini aytdi
UQKning dengizga chiqish yo‘li yopilgan: bu nimani anglatadi
Putin Ukrainadagi maxsus operatsiya to‘g‘risidagi qarorni og‘ir deb atadi
Yevropa millatchilardan tozalanishdan qo‘rqadi
NATO Rossiyaga qarshi urush e’lon qilyaptimi?
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi: maqsad – demilitarizatsiya
Yangiliklar lentasi
0