Ta’lim sohasida ikkita ko‘krak nishoni ta’sis etiladi - yangi qonun

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishUchitelnitsa sredney shkoli. Arxivnoe foto
Uchitelnitsa sredney shkoli. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Oliy va O‘rta maxsus ta’lim sohasi o‘qituvchilar uchun ikkita yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
TOShKENT, 7 mar - Sputnik. O‘zbekistonda Ta’lim sohasida ikkita ko‘krak nishonini ta’sis etiladi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Oliy va O‘rta ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasi e’lon qilindi.
Unda aytilishiga ko‘ra “Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun" ko‘krak nishonlari bilan ta’lim sohasiga munosib hissa qo‘shgan O‘zbekiston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanadi.
Nomzodlarni tanlashda quyidagilar inobatga olinadi:
oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish mezonlarida qayd etilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha olingan yuqori baholar;
talabalar orasida ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, “ustoz-shogird” an’analarini targ‘ib qilishdagi faol ishtiroki;
olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, ijodiy faoliyatlari va yaratayotgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarida yangiliklarning ko‘pligi tan olinganligi;
o‘z pedagogik faoliyatida turli innovatsion samarali usullarning ishlab chiqqanligi.
o‘zi faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasasida amalga oshirgan ishlari tufayli hamkasblari tomonidan chuqur hurmatga sazovorligi.
Ko‘krak nishoni har yili 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida topshiriladi.Mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti ham beriladi.
Ushbu qarorning muhokamada bo‘lish muddati 15-martga qadar.
Ma’lumot uchun bugungi kunga qadar O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylar uchun "Xalq ta’limi fidoyisi" "O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi", "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi" "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" kabi mukofotlar mavjud.
Yangiliklar lentasi
0