Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin va Makron kelishuviga asosan Ukrainada tinchlik rejimi ishga tushdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishBejensi s podkontrolnoy VSU territorii v rayone Mariupolya
Bejensi s podkontrolnoy VSU territorii v rayone Mariupolya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2022
Obuna bo‘lish
Bugun soat 10:00 dan boshlab tinch aholi Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sum shaharlarini tark etishi mumkin. Gumanitar koridorlar ustidan to‘xtovsiz obyektiv nazorat olib borildi, jumladan uchuvchisiz apparatlar yordamida ham.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik.Rossiya Qurolli kuchlari Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Vladimir Putinga iltimosiga binoan bugun soat 10:00 dan boshlab Ukrainada tinchlik rejimi e’lon qildi va gumanitar koridorlarni ochdi.
Tinch aholi Kiyev, Mariupol, Xarkov va Sum shaharlarini tark etishi mumkin. Bu safar tinchlik rejimiga amal qilish uchuvchisiz apparatlar yordamida nazorat qilinadi.
“Gumanitar koridorlar ochilgan vaqtda Rossiya Federatsiyasining Qurolli kuchlari to‘xtovsiz obyektiv nazorat olib boradi, jumladan uchuvchisiz apparatlar yordamida ham. Bu safar Ukraina tomoni Rossiyani tinchlik rejimini buzishda ayblay olmaydi. Rossiya shtabi, Kiyev rasmiy hukumati va shaharlar rahbarlaridan muayan harakatlarni kutmoqda”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash bo‘yicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q. Ikkala tomondan ham qurbonlar bor.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hukumati bilan erishilgan kelishuvga asosan 5-mart kuni Mariupol va Volnovaxa shaharlarini tark etish uchun soat 10:00 dan boshlab tinchlik koridori tashkil qilgan edi. Lekin jangarilar aholiga shaharlarni erkin tark etishga ruxsat bermayapti, - deb xabar qildi Rossiya MV bir necha soatdan so‘ng.
Xususan, Volnovaxani 24 fuqaro tark etgan, Mariupoldan esa hech kim chiqmagan. Biroz o‘tib Mariupolda jangarilar tinch aholi yashaydigan ko‘p qavatli uyni portlatib yuborgani va buzilgan bino ostida 200 kishi qolib ketgani haqida xabar qilingan edi.
Undan tashqari, bir necha kun oldin Ukraina harbiylari va millatchi batalonlar Xarkov va Sumi shaharlarida minglab xorijiy talabalarni garovga olgani, ularga shaharni tark etishga ruxsat bermayotgani, amallab chegaraga yetib kelganlarga esa, chegarani kesib o‘tishga ruxsat bermayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0