Ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi ta’qiqlanadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKormlenie mladensa
Kormlenie mladensa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2022
Obuna bo‘lish
Teleekranlarda davomiyligi 10 daqiqadan kam bo‘lgan ko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 7 mar – Sputnik. O‘zbekistonda reklama sohasida talab va nazorat kuchaytiriladi. Bu haqida Senatda bo‘lib o‘tgan “Reklama to‘g‘risida”gi yangi qonun muhokamasida ma’lum bo‘ldi.
"Reklama to‘risidagi" yangi tahrirdagi qonunda quyidagilar ta’qiqlanadi:
darsliklar va daftarlarda reklama joylashtirish,
reklama narxlarini xorijiy valyutada ko‘rsatish, axloq va ma’naviyatning umumqabul qilingan normalariga zid keluvchi shakl, ibora, va obrazlardan foydalanish,
tovarning asosiy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iste’molchidan yashirish;
tegishli mukofot fondisiz rag‘batlantiruvchi reklama aksiyalarini o‘tkazish;
telekanallar efirida tarqatilayotgan reklamaning umumiy davomiyligi ko‘rsatuv vaqtining bir soati uchun 20 %dan, bir sutkada ko‘rsatuv vaqtining 15% idan oshishi mumkin emas
davomiyligi o‘n daqiqadan kam bo‘lgan teleko‘rsatuvlarni reklama bilan uzib qo‘yishga va reklama bilan birga namoyish etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish taqiqlanadi.
Majlisda xabar qilinishiga ko‘ra, amaldagi qonunchilik hujjatlarida xarakterli, ishlamaydigan normalar mavjud bo‘lib, ular reklama faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni to‘liq qamrab olmaydi va ko‘plab huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, 2021-yilda reklama sohasida 15486 ta qonun buzarlik holati aniqlangan. Ularning aksariyati tashqi reklama sohasida - 10249 ta holat, e’lonlarda – 3416ta, dori vositalari reklamasida – 658ta, tamaki va alkogol 499ta, bukmekerlik va tatalizator xizmatlari - 260 ta, madaniy meros obyektlari - 150 ta, xususiy ta’lim va tibbiyot muassasalari - 110 ta, rag‘batlantiruvchi konkurs va aksiyalarda - 103 ta holat qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0