https://oz.sputniknews.uz/20220306/ukrainadan-rossiya-hududiga-ota-olmayotgan-ozbekistonlik-haydovchilarga-yordam-korsatilmoqda-23181381.html
Ukrainadan Rossiya hududiga o‘ta olmayotgan o‘zbekistonlik haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda
Ukrainadan Rossiya hududiga o‘ta olmayotgan o‘zbekistonlik haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tomoni bu masalalar bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi bilan ham ish olib bormoqda. 06.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-06T18:21+0500
2022-03-06T18:21+0500
2023-04-05T18:36+0500
jamiyat
ukraina
haydovchilar
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23181585_0:108:2047:1259_1920x0_80_0_0_10150e7aade04a22df3beab57c038483.jpg
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Ukraina hududida bo‘lib turgan mamlakatning xalqaro yuk tashuvchi haydovchilariga yordam ko‘rsatmoqda.“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, konsullik bo‘limining Call-markaziga Ukraina hududidan Rossiyaga xalqaro avtomobil nazorat punktlari (XANP) orqali o‘ta olmayotgan avtomobil tashuvchi o‘zbekistonliklardan murojaatlar kelib tushmoqda.Murojaatlar asosida ro‘yxatlar tuzilib, Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Ukraina-Rossiya davlatlararo chegarasida XANP orqali transport vositalarining o‘tishiga yordam berish so‘rovi bilan rasmiy ravishda murojaat qilinmoqda. Bir vaqtning o‘zida ushbu masalalar bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi bilan ham ish olib borilmoqda.Ayni paytda Rossiya tomoni ko‘magida o‘zbekistonlik 12 nafar avtotashuvchi mamlakatga kiritilgan. Ularning 8 nafari Ukrainaning Sumi viloyatida, 3 ta avtomobil Xarkov viloyatida, 1 ta avtotransport Rossiya chegarasidan Ukrainaga o‘tuvchi “Nexoteyevka” neytral hududining nazorat o‘tkazish punktida bo‘lgan.Ozarbayjondagi elchixona o‘zbekistonlik yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdiXabarlarga ko‘ra, 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi Ukraina hududida, chegara chizig‘idan uzoqroq masofada, 4 ta yuk mashinasida bo‘lib turibdi. Vaziyat barqarorlashib, xavfsiz o‘tish imkoniyati yuzaga kelgach, ularning chegaraga yetib kelishi kutilmoqda.
ukraina
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23181585_112:0:1935:1367_1920x0_80_0_0_96c257b837020db5c1b4a53464cd2a1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ukraina, haydovchilar, o‘zbekiston, rossiya
jamiyat, ukraina, haydovchilar, o‘zbekiston, rossiya
Ukrainadan Rossiya hududiga o‘ta olmayotgan o‘zbekistonlik haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda
18:21 06.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) O‘zbekiston tomoni bu masalalar bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi bilan ham ish olib bormoqda.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Ukraina hududida bo‘lib turgan mamlakatning xalqaro yuk tashuvchi haydovchilariga yordam ko‘rsatmoqda.
“Dunyo” AA
xabariga ko‘ra, konsullik bo‘limining Call-markaziga Ukraina hududidan Rossiyaga xalqaro avtomobil nazorat punktlari (XANP) orqali o‘ta olmayotgan avtomobil tashuvchi o‘zbekistonliklardan murojaatlar kelib tushmoqda.
Murojaatlar asosida ro‘yxatlar tuzilib, Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Ukraina-Rossiya davlatlararo chegarasida XANP orqali transport vositalarining o‘tishiga yordam berish so‘rovi bilan rasmiy ravishda murojaat qilinmoqda. Bir vaqtning o‘zida ushbu masalalar bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi bilan ham ish olib borilmoqda.
Ayni paytda Rossiya tomoni ko‘magida o‘zbekistonlik 12 nafar avtotashuvchi mamlakatga kiritilgan. Ularning 8 nafari Ukrainaning Sumi viloyatida, 3 ta avtomobil Xarkov viloyatida, 1 ta avtotransport Rossiya chegarasidan Ukrainaga o‘tuvchi “Nexoteyevka” neytral hududining nazorat o‘tkazish punktida bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi Ukraina hududida, chegara chizig‘idan uzoqroq masofada, 4 ta yuk mashinasida bo‘lib turibdi. Vaziyat barqarorlashib, xavfsiz o‘tish imkoniyati yuzaga kelgach, ularning chegaraga yetib kelishi kutilmoqda.