Ukrainadan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni 3,6 mingdan oshdi

© Press-slujba MID UzbekistanaPerviy reys s evakuirovannimi s Ukraini uzbekistansami viletel v Tashkent
Perviy reys s evakuirovannimi s Ukraini uzbekistansami viletel v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna bo‘lish
5-6 mart kunlari yana 440 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi. Ular orasida 20 nafar chaqaloq ham bor.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 5-6 mart kunlari 440 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, 88 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetmagan shaxs va 20 chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar qildi.
28 fevraldan 5-martga qadar 16 ta aviareys tashkillashtirilgan. Jami 3 685 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan. 6-mart kuni qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Polsha hududida mamlakatning 850 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 50 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 800 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
Polsha chegarasida o‘zbekistonliklar avtohalokatga uchradi, qurbonlar bor
O‘zbekiston Ukrainadagi o‘z fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. Ukrainaning Sumi viloyati ma’muriyati bilan bu yerdagi oliygohlarda o‘qiyotgan 25 o‘zbek talabasini olib chiqish uchun "yashil yo‘lak" ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0