https://oz.sputniknews.uz/20220306/uchquduq-tumani-hokimligi-mansabdorlariga-nisbatan-jinoiy-ish-ochildi-23174802.html
Uchquduq tumani hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish ochildi
Uchquduq tumani hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish ochildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘rganishlar davomida Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar cho‘l hududlaridagi MFYlarida yashamagan 33 nafar shaxsga soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berishgan. Keyin ular grant asosida o‘qishga kirishgan.
2022-03-06T13:21+0500
2022-03-06T13:21+0500
2022-03-06T13:21+0500
hodisalar
navoiy viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0f/22749055_22:0:1899:1056_1920x0_80_0_0_3e185f76bd0bea1b72211c2774ce00c0.jpg
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Navoiy viloyati Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.Ta’kidlanishicha, prezidentning 2017-yil 25-apreldagi "Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholini turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori talablarining ijrosi bo‘yicha viloyatning Uchquduq tumanida o‘rganish o‘tkazilgan.Hujjatda olis cho‘l hududida kamida 3-yildan ortiq yashagan shaxslar oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.O‘rganishlar davomida esa Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar cho‘l hududida joylashgan "Yo‘lchilar", "Ko‘kpatas" va "Ko‘kayaz" MFYlarida 3-yil davomida yashamagan 33 nafar shaxsga ularning ushbu muddatda qayd etilgan mahallalarda yashagani to‘g‘risida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berib, shundan 25 nafarining oliygohlarga davlat granti asosida o‘qishga kirishiga sababchi bo‘lgani aniqlandi.Bu talabalarning grant asosida o‘qishi uchun amalda 650 million so‘m budjet mablag‘larining sarflanishiga sababchi bo‘lib, davlat manfaatlariga zarar yetkazgan.Bosh prokuratura to‘plangan hujjatlar asosida Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochgan.
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0f/22749055_256:0:1664:1056_1920x0_80_0_0_213cb270e6604f804b63bb56051f143c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
uchquduq tumani hokimligi jinoiy ish
uchquduq tumani hokimligi jinoiy ish
Uchquduq tumani hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish ochildi
Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar 33 kishiga oliygohga grant bilan o‘qishga kirishga yordam beruvchi soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berishgan.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Navoiy viloyati Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, prezidentning 2017-yil 25-apreldagi "Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholini turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori talablarining ijrosi bo‘yicha viloyatning Uchquduq tumanida o‘rganish o‘tkazilgan.
Hujjatda olis cho‘l hududida kamida 3-yildan ortiq yashagan shaxslar oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida qabul qilinishi belgilangan.
O‘rganishlar davomida esa Uchquduq tuman hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalar cho‘l hududida joylashgan "Yo‘lchilar", "Ko‘kpatas" va "Ko‘kayaz" MFYlarida 3-yil davomida yashamagan 33 nafar shaxsga ularning ushbu muddatda qayd etilgan mahallalarda yashagani to‘g‘risida soxta dalolatnomalar rasmiylashtirib berib, shundan 25 nafarining oliygohlarga davlat granti asosida o‘qishga kirishiga sababchi bo‘lgani aniqlandi.
Bu talabalarning grant asosida o‘qishi uchun amalda 650 million so‘m budjet mablag‘larining sarflanishiga sababchi bo‘lib, davlat manfaatlariga zarar yetkazgan.
Bosh prokuratura to‘plangan hujjatlar asosida Uchquduq tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochgan.