Red Wings O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatmaydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSamolyot aviakompanii "Red Wings" v aeroportu "Domodedovo".
Samolyot aviakompanii Red Wings v aeroportu Domodedovo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi O‘zbekistonning yirik shaharlarga uchishda davom etadi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi O‘zbekiston va Armaniston xalqaro yo‘nalishlarida "SSJ100" samolyotlari orqali parvozlarni davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Biz xalqaro yo‘nalishlarda parvozlarni davom ettiramiz. Moskva, Yekaterinburg, Maxachqal’a, Samara va Sochidan reyslar Armaniston (Yerevan, Gumri) va O‘zbekistonning yirik shaharlariga jadval bo‘yicha jo‘naydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning "Aeroflot", S7, Smartavia, "Pobeda", Nordwind, iFly, Pegas Fly va Azur Air aviakompaniyalari chet elga parvozlarini vaqtincha bekor qilishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0