Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatib turish shartini aytdi

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti: maxsus operatsiyani Kiyev janglarni bas qilgan taqdirda to‘xtatib turish mumkin.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali suhbatda Donbassni himoya qilishga qaratilgan maxsus operatsiyani to‘xtatish shartini ma’lum qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, agar Kiyev janglarni to‘xtatsa va Rossiya talablarini bajarsagina, maxsus operatsiyani to‘xtatib turishning imkoni bor.
Moskva Ukraina hukumati va xorijiy hamkorlar bilan mojaroni tartibga solish uchun muloqotga tayyor.
Rossiya rahbari Erdog‘anning e’tiborini Kiyevning muzokaralarni cho‘zishga bo‘lgan istiqbolsiz urinishlariga qaratgan. Shuningdek, Putin yangi uchrashuvda ukrain tomoni “yuzaga kelayotgan voqelikni inobatga olib, konstruktivroq yondashishiga” umid bildirgan.
Ukrainadagi barcha harbiy infratuzilmalar deyarli yo‘q qilindi - Putin

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0