O‘zbekistonda koronavirus ortga chekinmoqda

© Sputnik / Ilya PitalevObrazsi dlya issledovaniya na koronavirusnuyu infeksiyu
Obrazsi dlya issledovaniya na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna bo‘lish
Kecha 59 kishida koronavirus aniqlandi. 4 kundan buyon o‘lim holati qayd etilmayapti.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish kamayishda davom etmoqda. Kecha, 5-mart kuni, 59 kishida bu infeksiya aniqlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Aniqlangan yangi holatlarning eng ko‘p Toshkent shahrida (28), Toshkent (9) va Samarqand viloyatlariga (5) to‘g‘ri kelgan. Qoraqalpog‘istonda, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida bittadan holat tasdiqlangan. Ikkitadan yangi holat Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida aniqlangan. Andijon va Namangan viloyatlarida esa to‘rttadan holat kuzatilgan. Xorazm viloyatida esa umuman aniqlanmagan.
Shu tariqa, mamlakatda kovid bilan kasallanganlarning umumiy soni 236 899 nafarga yetgan. Shulardan 234 022 (+89) nafari tuzalib ketgan.
3 martdan buyon o‘lim holati kuzatilmayapti va qurbonlar soni 1637 nafarligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari kamayayotgani sabab 1-martdan ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0