Olmaliqda qimmatbaho metallar o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna bo‘lish
DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda qimmatbaho metall o‘g‘rilarini qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Olmaliqlik X.F "Olmaliq KMK" AJning bir guruh ishchilari bilan jinoiy til biriktirgan. U "Oltin va kumushni afinajlash sexi"ning kiyim almashtirish xonasiga qimmatbaho metall – sanoat qumlarini yashirib qo‘ygani fosh bo‘ldi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushbu yacheykaning pastki qismida perchatkada joylashtirilgan umumiy og‘irligi 4 kg. 435 gr. sanoat mahsuloti – shlam protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan. Laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra, ushbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 mln. so‘mlik 160.5 gr. qimmatbaho metalllar mavjudligi aniqlandi.
Fuqaro X.F Chirchiq shahrida "Olmaliq KMK” AJning qo‘riqlash xizmatiga bo‘lib o‘tayotgan qabulga qatnashish uchun kelgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Yangiliklar lentasi
0