https://oz.sputniknews.uz/20220306/men-talaba-bolganimda-ikkita-joyda-ishlardim--prezident--23171241.html
Men talaba bo‘lganimda ikkita joyda ishlardim – prezident
Men talaba bo‘lganimda ikkita joyda ishlardim – prezident
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida o‘zining yoshlik yillarini yodga oldi.
2022-03-06T10:37+0500
2022-03-06T10:37+0500
2022-03-07T10:30+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23171070_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f1015fe0d919f89ccb496a0b22152dbc.jpg
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida o‘zining yoshlik yillarini yodga oldi. Bu “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida namoyish etildi.“Men o‘zim talaba bo‘lganimda ikkita joyda ishlar edim. Bizda "voyennaya kafedra" bor edi va nasoslarni "regulirovka" qilish bo‘yicha. Hozirgacha esimdan chiqmaydi, ikkita joyda yaxshi oylik olar edim. 56 so‘m bitta kafedradan, 42 so‘m bitta kafedradan”, — dedi davlat rahbari.Oliy o‘quv yurti mutasaddilari talabalarning kelgusi faoliyatiga befarq bo‘lmasligi, o‘z navbatida talabalar ham mehnatdan qochmasligi kerak. Ammo baribir asosiy mas’uliyat rektorlar zimmasida ekani ta’kidlandi.Shavkat Mirziyoyev 4-mart kungi videoselektor yig‘ilishida barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat berilishini ma’lum qilgan edi. Ta’kidlanishicha, oliygohlar atrofidagi maktab va bog‘chalarda 13 ming vakant ish o‘rinlari mavjud. Kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay bo‘lgan maktab va bog‘chalarga ishga joylashtirish mumkin.Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha har chorakda talabalar o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib borish topshirilgan. Har bir tarmoq rahbari o‘z sohasidagi oliygohlar bilan tizimli ishlab, salohiyatli talabalarni tanlab borishi kerak bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23171070_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_52e83c4e6d98502b8a11999abd541c14.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev talaba yillari
shavkat mirziyoyev talaba yillari
Men talaba bo‘lganimda ikkita joyda ishlardim – prezident
10:37 06.03.2022 (yangilandi: 10:30 07.03.2022) Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida o‘zining yoshlik yillarini yodga oldi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida o‘zining yoshlik yillarini yodga oldi. Bu “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida namoyish etildi.
“Men o‘zim talaba bo‘lganimda ikkita joyda ishlar edim. Bizda "voyennaya kafedra" bor edi va nasoslarni "regulirovka" qilish bo‘yicha. Hozirgacha esimdan chiqmaydi, ikkita joyda yaxshi oylik olar edim. 56 so‘m bitta kafedradan, 42 so‘m bitta kafedradan”, — dedi davlat rahbari.
Oliy o‘quv yurti mutasaddilari talabalarning kelgusi faoliyatiga befarq bo‘lmasligi, o‘z navbatida talabalar ham mehnatdan qochmasligi kerak. Ammo baribir asosiy mas’uliyat rektorlar zimmasida ekani ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev 4-mart kungi videoselektor yig‘ilishida barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat berilishini ma’lum qilgan edi. Ta’kidlanishicha, oliygohlar atrofidagi maktab va bog‘chalarda 13 ming vakant ish o‘rinlari mavjud. Kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay bo‘lgan maktab va bog‘chalarga ishga joylashtirish mumkin.
Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha har chorakda talabalar o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib borish topshirilgan. Har bir tarmoq rahbari o‘z sohasidagi oliygohlar bilan tizimli ishlab, salohiyatli talabalarni tanlab borishi kerak bo‘ladi.