Dam olish kuni qanday ob-havo bo‘ladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2022
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda nam va salqin ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda shamol tezligi 18-23 m/s gacha, ayrim joylarda 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo kunduz kuni 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarimida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0