Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mariupol va Volnovaxada tinchlik rejimi e’lon qildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Luganskoy narodnoy respublike
Situatsiya v Luganskoy narodnoy respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya 5-mart soat 10:00dan boshlab Mariupol va Volnovaxadan tinch aholini olib chiqish uchun tinchlik rejimi e’lon qildi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiya Mariupol va Volnovaxada tinchlik rejimi e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
"Bugun, 5-mart Moskva vaqti bilan soat 10:00dan boshlab Rossiya tomoni tinchlik rejimi e’lon qiladi va tinch aholining Mariupol va Volnovaxadan chiqishi uchun tinchlik rejimi e’lon qilinadi", - deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu shaharlardan chiqish bo‘yicha gumanitar koridorlar yo‘nalishlari Ukraina tomoni bilan kelishilgan. Biroz oldin Ukraina prezidentining yordamchisi Mixail Podolyak Volnovaxani 20 ming kishi Mariupolni — 200 ming kishi tark etishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.
Ayni damda ushbu ikki shahar Ukraina harbiylari tomonidan nazorat qilinmoqda, lekin ular DXR va LXR qo‘shinlari tomonidan qurshovga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk respublikalari so‘roviga binoan ushbu ikki respublikani tan olish to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. 24-fevral kuni erta tongda esa Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozolash bo‘yicha harbiy operatsiya boshlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat harbiy infratuzilma va o‘q-dori omborlariga berilmoqda, tinch aholi turar joylari va shaharlarga zarba berilgani yo‘q. Ikkala tomondan ham qurobonlar bor.
Yangiliklar lentasi
0