Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Ukrainadagi maxsus operatsiya to‘g‘risidagi qarorni og‘ir deb atadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna bo‘lish
“Og‘ir qaror, hech qanday shubhasiz”: Putin Ukrainada maxsus operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror haqida
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror og‘ir bo‘lganini ma’lum qildi.

“Men bu haqda operatsiya boshlanganida aytgandim va bu qaror qabul qilinguniga qadar gapirgandim. Og‘ir qaror, hech qanday shubhasiz ”, - dedi Putin Rossiya aviakompaniyalarining uchuvchi ayol xodimlari bilan uchrashuvda.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0