https://oz.sputniknews.uz/20220305/markaziy-osiyo-rossiyaga-avtomobillar-etkazib-beradi-23158229.html
Markaziy Osiyo Rossiyaga avtomobillar yetkazib beradi
Markaziy Osiyo Rossiyaga avtomobillar yetkazib beradi
Sputnik O‘zbekiston
BMW, Mercedes, Skoda, Volkswagen va boshqa Yevropa brendlari o‘rniga Rossiya yo‘llarini Osiyo avtomobillari egallaydi - ekspert.
2022-03-05T11:35+0500
2022-03-05T11:35+0500
2023-04-05T18:36+0500
iqtisod
o‘zbekiston
markaziy osiyo
avtomobil
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/18/17931639_0:76:1300:807_1920x0_80_0_0_94c5ec0500e6accc246012272d2b858b.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Ukraina voqealari tufayli G‘arb ishlab chiqariuvchilarining Rossiya bozorini ommaviy tark etishi rossiyaliklarni avtomobilsiz qoldirmaydi, deb hisoblaydi Milliy texnologik tashabuslar bozori (NTI) AutoNet ekspertlari. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, foydalanilgan avtomobillar bozori qo‘shni davlatlar - Qozog‘iston va O‘zbekiston hisobidan rivojlanishi mumkin. Yangi avtomobillar esa Janubiy Koreya, Xitoy va hatto Hindistondan olib kelinishi mumkin. "Misol uchun Janubiy Koreya Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Xitoyga kelsak - so‘nggi yil davomida bizning bozorimizda Xitoy avtomobillari ulushi 6,5%ga yetdi. Haval brendi esa - eng yetakchi 10ta brendlar qatoridan o‘rin olgan. Kelajakda bu raqamlar faqat o‘sishi kutilmoqda", — deb hisoblaydi Simble kompaniyasi direktori Stanislav Pushevskiy.Uning xulosasiga ko‘ra, Rossiya bozorida Xitoy avtomobillari ulushi yaqin vaqt ichida 15%ga yetadi.O‘zbekiston ham o‘z avtomobil sanoatini ildam rivojlantirib kelmoqda. So‘nggi 4-yil davomida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 1,8 raza barobar o‘sgan, ularni eksport qilish esa - 2,7 barobar. Mamlakat ichida esa avtomobilga bo‘lgan talab haligacha yuqori. 2022-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 160 ming avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. yil oxiriga qadar 275 mingta.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/18/17931639_62:0:1238:882_1920x0_80_0_0_100afc88a89fc0aa550f3948e002c59b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bmw mercedes skoda volkswagen yevropa brendlari rossiya
bmw mercedes skoda volkswagen yevropa brendlari rossiya
Markaziy Osiyo Rossiyaga avtomobillar yetkazib beradi
11:35 05.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) BMW, Mercedes, Skoda, Volkswagen va boshqa Yevropa brendlari o‘rniga Rossiya yo‘llarini Osiyo avtomobillari egallaydi - ekspert.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Ukraina voqealari tufayli G‘arb ishlab chiqariuvchilarining Rossiya bozorini ommaviy tark etishi rossiyaliklarni avtomobilsiz qoldirmaydi, deb hisoblaydi Milliy texnologik tashabuslar bozori (NTI) AutoNet ekspertlari.
"BMW, Mercedes-Benz, Skoda, Volkswagen avtomobillari yetkazib berish va ishlab chiqarish cheklanganidan so‘ng, rossiyaliklar Xitoy va Koreya avtomobillaridan foydalanishga o‘tadi. Vaziyat ikki yo‘nalishda rivojlanishi mumkin — optimistik va realistik", — deyishadi tahlilchilar.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, foydalanilgan avtomobillar bozori qo‘shni davlatlar - Qozog‘iston va O‘zbekiston hisobidan rivojlanishi mumkin. Yangi avtomobillar esa Janubiy Koreya, Xitoy va hatto Hindistondan olib kelinishi mumkin.
"Misol uchun Janubiy Koreya Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Xitoyga kelsak - so‘nggi yil davomida bizning bozorimizda Xitoy avtomobillari ulushi 6,5%ga yetdi. Haval brendi esa - eng yetakchi 10ta brendlar qatoridan o‘rin olgan. Kelajakda bu raqamlar faqat o‘sishi kutilmoqda", — deb hisoblaydi Simble kompaniyasi direktori Stanislav Pushevskiy.
Uning xulosasiga ko‘ra, Rossiya bozorida Xitoy avtomobillari ulushi yaqin vaqt ichida 15%ga yetadi.
O‘zbekiston ham o‘z avtomobil sanoatini ildam rivojlantirib kelmoqda. So‘nggi 4-yil davomida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 1,8 raza barobar o‘sgan, ularni eksport qilish esa - 2,7 barobar. Mamlakat ichida esa avtomobilga bo‘lgan talab haligacha yuqori.
2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 160 ming avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. yil oxiriga qadar 275 mingta.