Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Ko‘p uxlash organizmga qanday ta’sir qiladi?

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishFleshmob "Vispis" v Yekaterinburge
Fleshmob Vispis v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘p uyqu, xuddi uning yetishmasligi kabi salomatlik va hayot tarziga jiddiy ta’sir qiladi. Immunitet pasayishi, charchoq va ruhiy tushkunlik – ko‘p uxlashning yagona salbiy oqibatlari emas.
Shifokor somnolog, tibbiyot fanlari nomzodi Tatyana Gorbat ko‘p uxlashning organizmga ta’siri haqida so‘zlab berdi. Bu haqida Sputnik Belarus xabar berdi.

Gipersomniyaga nima sabab bo‘ladi?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, gipersomniya - bu uyqu davomiyligining patologik ko‘payishi, kunduzgi uyquchanlik hissi. Gipersomniya asosiy kasallikning hamrohi bo‘lishi mumkin.
Apnoe sindromi (uyqu paytida nafas olishning to‘xtashi) odatda gipersomniyaga olib keladi. Bunday sindromga chalingan bemorlarda kunduzi ham uyquchanlik hissi bo‘ladi. Barchasiga organizmning sekin to‘lqinli uyqu jarayonida chuqur fazalarning yetarli miqdorini to‘play olmasligi sabab bo‘ladi.
“Bunday hollarda uyqu vaqti sodir bo‘ladigan har bir patologiyani bartaraf etish lozim. Bu borada somnologiya sohasida 99 taga yaqin kasallik ma’lum. Bunday keng ko‘lamli patologiyalar (masalan uyqu vaqtida nafas olishning to‘xtashi, oyoqlar tipirchilashi sindromi, ruhiy tushkunlik) uyquning miqdori va sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Muammoni individual tarzda hal qilish lozim. Avvalo, qanday sabablar bemor uyqusiga ta’sir qilayotganini aniqlash kerak”, - deydi Tatyana Gorbat.

Ko‘p uxlash organizmga qanday ta’sir qiladi?

Ko‘p uxlashning organizmga ta’siri odamning kasalligiga bog‘liq. Masalan, narkolepsiyada ( markaziy nerv tizimi kasalliklaridan biri bo‘lib, uyquning jiddiy buzilishini anglatadi)- bemor tez uyquga “cho‘kadi”. Bunda odam uyqusini nazorat qila olmaydi. Boshqacha aytganda, odam siz bilan suhbatlashib turishi mumkin. Biroq mushaklar quvvatsizlanishi va uyqu istagi sabab bir – ikki soniyadan so‘ng uxlab qolishi mumkin.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p uxlash yurak-qon tomir kasalliklari, immunitet pasayishi, ruhiy tushkunlik, qandli diabet hamda boshqa turli jiddiy kasalliklarga sabab bo‘ladi. Shuningdek, semirish ehtimolini oshiradi.

Sog‘lom uyqu qoidalari

Albatta, uyqu buzilishlari kuzatilganda - ya’ni ko‘p uxlash yoki uning tanqisligida, mutaxassisga murojaat qilish zarur.
Biroq, uyqu sifatini oshiradigan bir qancha umumiy qoidalar ham bor.
“Birinchidan, uyqu gigiyenasiga rioya qilish lozim: ya’ni aniq vaqtda uxlash va uyg‘onish. Shuningdek, bu gigiyenaga dam olish kunlari ham rioya qilish kerak, chunki bu ijtimoiy jetlag sindromini oldini olishga yordam beradi”, - deydi mutaxassis.
Djetlag – vaqt poyaslarining o‘zgarish sindromi. Masalan, uzoq aviaparvozdan so‘ng, odam “kun”dan “tun”ga tushadi yoki aksincha. Bu esa insondagi biologik soat buzilishiga olib keladi.
“Agar dam olish kunlari uyqu tartibi o‘zgarsa, organizm yana tartibga qaytishi uchun besh-yetti kun vaqt kerak bo‘ladi. Shu sababli dam olish kunlarida ham xuddi ish kunlari kabi bir vaqtda uxlash va uyg‘onishga harakat qilish lozim. Bizning ichki biologik soatimiz xuddi uyg‘otuvchi soat kabi ishlaydi”, - deydi u.
Uyqudan oldin yotoqxonani havo aylanishi va xona harorati pasayishi uchun shamollatish kerak. Shuningdek, yotoqxonada e’tiborni tortadigan barcha rangli vositalar va gadjetlar ham bo‘lmasligi kerak. Ular “uyqu gormoni” bo‘lmish melatoninning faoliyati buzilishiga olib keladi.
Bundan tashqari, uyqudan oldin jismoniy mashqlar va yog‘li ovqat iste’mol qilish ham tez uyquga ketishga xalaqit beradi.

Qancha vaqt uxlash kerak?

Uyqu davomiyligiga rioya qilish lozim: inson qancha vaqt uxlaganda o‘zini dam olgandek his qilsa, shuncha uxlashi kerak. Umuman uyqu vaqtini qisqartirish kerak emas. Bu salomatlikda turli muammolarga olib keladi.
“Uyqudan oldin kitob o‘qish, vanna qabul qilish kabi odatlar tezda uyquga ketish va uyg‘onganda tetiklik hissini tuyishga sabab bo‘ladi”, - deydi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0