Yevropa millatchilardan tozalanishdan qo‘rqadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishMarsh natsionalistov v Kiyeve
Marsh natsionalistov v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna bo‘lish
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng faqat Germaniya millatchilardan tozalangan edi. Natsistlar jinoyatlariga ko‘mak bergan boshqa Yevropa davlatlaridan denatsifikatsiya o‘tkazilmagan.
Rossiya va Ukraina orasida mojaro avj olishiga duch kelgan Yevropa, o‘zining har doimgi, SSSRning fin urushi davrida ham, Ikkinchi Jahon urushi vaqtida egallagan pozitsiyasiga qaytdi.
Aniqroq qilib aytganda, Yevropa siyosatchilari – har doimgidek, mojaro qanday davom etishini kutib turib, oxirida g‘olibga sherik bo‘lishni ma’qul ko‘rdi. Bu yerda balan sahnadan turib aytilgan balandparvoz gaplar yoki yorqin shiorlar hech narsani hal qilmaydi, muhimi – harakatlar. Harkat esa – yo‘q.
Shu o‘rinda Ikkinchi Jahon urushini va esga olishga to‘g‘ri keladi, ha o‘sha qayg‘uli natsizm okkupatsiyasi davrini. O‘shanda Yevropa 6 hafta ichida Giterning oyog‘i ostiga tiz cho‘kkan edi. Britaniya qirollik va respublikalar vermaxtga mutlaq qarshilik ko‘rsatmagan va xalq qarshilik kuchlari ham deyarli tashkil qilinmagan edi.
Taniqli “Qarshilik”ning paydo bo‘lishiga ham Sovet Ittifoqi tashqi razvedka xizmatining roli katta. Aynan kommunistlar ularga kechalari varaqa yopishitirsh, partizanlik qilish saobtaj va boshqa uslublarni o‘rgatishgan. Lekin bularning barchasi bir yildan so‘ng SSSRga qarshi urush boshlanganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
Nima bo‘lganda ham, Yevropa aholisida Germaniya fashizmiga nisbatan ichki qarshilik bo‘lmagan, ya’ni Yevropa Gitlerni va uning irqlar to‘g‘risidagi teoriyasini hamda yahudiylarni to‘liq qirib tashlash haqida qarorini qabul qilgan. Bunga amin bo‘lish uchun vermaxt general-polkovnigi Frans Galderaning kundalik daftariga nazar solish mumkin.
O‘z kundaligida Galder Belgiya va Fransiyada shaharlar aholisi nems qo‘shinlarini qanday qabul qilingani yozgan. “Xursand bo‘lib kutib olishdi, stolga mazali taomlar va vino qo‘yishdi”, - deb yozgan general.

Urush, Qanaqa urush?

Gelder kundaligi yagona dalil emas. Liondagi "Terminus" otelida urush vaqtida Gestapo shtabi joylashgan edi. U yerda albatta qiynoq kameralari ham bor edi. Lekin mehmonxonada portye bo‘lib ishlagan o‘rta yoshli fransuz shunday xotirlaydi:
"Barbye bizga yaxshi choy puli berardi, umuman u juda xushmuomala odam edi”, - deb esga oladi fransuz xizmatchisi urushdan so‘ng insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblangan Klaus Barbyeni.
Natsistlar bosib olingan Yevropada o‘z jinoyatlarini yashirishga urinmagan ham. Ular yahudiylar va boshqa “past irqli” odamlarga nisbatan operatsiyalarni kuppa-kunduz kuni odamlar ko‘z o‘ngida o‘tkazar edi. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib yahudiylar hayotini saqlab qolish holatlari juda kam uchrardi. Istisnolar albatta har doim bo‘lgan, lekin hozir gap Yevropa millatlarining umumiy vektori haqida ketmoqda.
Hatto ko‘chaning bir tomonida odamlar otib tashlanayotgan vaqtda, boshqa tomonda magazinlar ishlab turgan, go‘shtga ham navbat kamaymagan.
SSSR Urushga aralashganidan so‘ng, kayfiyatlar mutlaq o‘zgardi. 1941-yilning 22-iyunida bo‘lgan hujumda nafaqat Germaniya askarlari, balkim internetsional qo‘shinlar ishtirok etgan, buni bugun ham unutmaslik kerak.
Sovet qo‘shinlari nitsist diviziyalarining 75%ini yo‘q qilib tashlab, aksariyat yevropaliklarning hayotini, ularning tarixiy yodgorliklarin saqlab qolgan, tunu-kun odam yoqqan krematoriy pechlarini o‘chirgan. Albatta buning evaziga SSSRda millionlab odamlar hayoti qurbon bo‘lgan, nafaqat harbiylar, balkim tinch aholi ham. Urush tugashi bilan esa – bizga qarshi sovuq urush boshlandi.
U vaqtlarda albatta “Stalin rejimi”, “Kommunistik mafkura va diktatura” deb atashgan, lekin asl maqsad – odamlarga qarshi bo‘lgan. Sovet odamlariga qarshi. Buniham unutmaslik kerak.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Yevropani millatchilardan tozalash, katta qiyinchiliklar evaziga faqatgina Germaniyada o‘tkazilgan. Faqatgina ushbu mamlakat qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragani sababli. Germaniya okkupatsiyasiga kirgan davlatlarda esa, vaziyat deyarli o‘zgarmagan. Agar u yerlar ham millatchilardan tozalanganida, davlat boshqaruvchilarning aksariyatini sud qilib qamoqqa olish kerak bo‘lardi.
Shu sababli ham okkupatsiya davrida mamlakatning barcha qonunlari ta’sirini to‘xtatib qo‘yishdi. Shu sababli ham Germaniyadan boshqa Yevropa davlatlarida kollaboratsionist millatchilar tomonidan Urush yillarida sodir etilgan jinoyatlarning aksariyati jazosiz qoldi.
Xullas milliy Qarshilik harakati a’zolarini sotgan, ularni qiynab o‘ldirgan, natsistlar bilan yaqindan hamkorlik qilgan, o‘z ish joyida ularga xizmat qilgan aksariyat yevropaliklarga hech narsa bo‘lmadi.
Fashistlarga xizmat qilgan jamiyat va uning tarkibidagi turli institutlar urushdan keyin qanday ishlagan bo‘lsa shunday ishlashda davom etdi. Oddiy misol – Fransiya temiryo‘l kompaniyasi rahbariyati nemislarga yahudiy va antifashistlarni o‘lim lagerlariga olib borish uchun keragicha transport xizmatlari ko‘rsatgan. Temiryo‘l xizmatida ishlagan minglab fransuzlar orasida faqat bitta mashinist, sostavni Osvensemga haydab borishdan vo kechgan ekan. Mingtadan bitta - inson.
Umuman Yevropada Ikkinchi Jahon urushi juda tez unutildi. Kam sonli yodgorliklar va veteranlar, bayramlar ham bunga ta’sir qilmadi.
Urush – siyosiy sabablarga ko‘ra unutildi, chunki 1945-yildan so‘ng Yevropani iqtisodiy birlashtirish boshlangan edi. Iqtisodiy birlashmada esa GFR juda katta rol o‘ynardi. Ularga har zamonda urushni eslatib turish ma’qul emasdi.
Aynan shu sababli, 1962-yilda Fransiya va GFR orasida Yelisey shartnomasining tantanali imzolash marosimi oldidan prezident de Goll, SS obergruppenfureri Fransiya Gestaposi rahbari Karl Obergni qamoqdan ozod qildi.
Ushbu voqealarning ma’naviy jihati, o‘sha vaqtda ustuvor bo‘lgan “kontinentni urushdan so‘ng rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” uni “tinchlik va barqarorlik belanchagiga aylantirish” siyosati ostida qolib ketdi.
Lekin tarix, baribir bir kun kelib eski qarzlarni qaytarishni talab qiladi. Qanchalik “tinchlikva barqarorlikka” erishilgan bo‘lmasin. Bugun bunga shubha yo‘q.
Bungun Ukrainani millatchilardan tozalashga bel bog‘lagan Rossiyani ayblayotga Yevropa siyosatchilari bir narsani tushunmayapti – ular boshqarayotgan va saylanayotgan davtlatlarda Ikkinchi jahon urushidan so‘ng haqiqiy va chuqur millatchilardan tozalash jarayoni o‘tkazilmagan.
Yangiliklar lentasi
0