Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qaysi mahsulotlar qon bosimini tushirishga va ko‘tarishga yordam beradi?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishIzmerenie davleniya
Izmerenie davleniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna bo‘lish
Parhezshunos - nutritsiolog Irina Ishenko qon bosimini tushiruvchi mahsulotlar ro‘yxati bilan o‘rtoqlashdi.
Parhezshunos – nutritsiolog Irina Ishenko RIA Novosti agentligiga qon bosimini meyorlashutiruvchi oziq-ovqatlar nomini ma’lum qildi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kunlik ratsiondan tarkibida yog‘ va xolesterin ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni chiqarib tashlash lozim. Ko‘proq meva – sabzavotlar, boshoqli mahsulotlar iste’mol qilish samarali natija beradi.
Qon bosimini tushirish uchun guruch, mevalar (apelsin, mandarin), kartoshka, suli va bug‘doy bo‘tqasi, quritilgan mevalar (turshak va mayiz kabi), kalmar, baliq (xek, treska), sut va yogurt mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish zarur.
Mol va qo‘y go‘shti yog‘larini o‘simlik yog‘lariga o‘zgartirgan ma’qul. Yuqori qon bosimida sariyog‘, smetana, cho‘chqa, mol go‘shti, gazli va tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar. Achchiq taomlar, ziravorlar, tuzli va konservalangan mahsulotlar, un va shakarli taomlarni butkul ratsiondan chiqarish kerak.
Qon bosimi baland bo‘lsa, qovurilgan taomlarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Qon bosimi tushib ketganda esa qahva va anor sharbati yordam beradi.
“Uzum sharbati, qora choy, qora shokolad, qizil vino, tuz, koritsa va asal qon bosimini tushiruvchi mahsulotlar”, - deydi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0