“Asr loyihasi” tomon yana bir qadam qo‘yildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkat Mirziyoyeva i Imrana Xana v Islamabade
Vstrecha Shavkat Mirziyoyeva i Imrana Xana v Islamabade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Pokiston rahbarlari savdo-sotiq, temir yo‘l, madaniy va gumanitar hamda Afg‘onistonga yordam berish sohalarida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda e’lon qilindi.
Aytish joizki, O‘zbekiston va Pokiston rahbarlarining uchrashuvi ikki davlat orasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi arafasida hamda Pokiston kuni bayrami arafasida bo‘lib o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyev Pokiston xalqini ushbu bayram bilan tabriklashni unutmadi.

Mintaqalararo ko‘prik

Brifingda qayd etilishiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti tashrifi doirasida imzolangan "Strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi qadamlar to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya"sida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha bo‘lajak sa’y-harakatlarimiz belgilab olingan.
‑ Biz Pokiston bilan birgalikda nafaqat ikki mamlakat, balki strategik jihatdan muhim bo‘lgan Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik ko‘prigini bunyod etayapmiz, ‑ dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningde, O‘zbekiston va Pokiston Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar.
Pokiston hududi orqali xalqaro dengiz portlariga chiquvchi “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” strategik temir yo‘lini qurish ishlarini yaqin muddatlarda boshlash muhimligi alohida ta’kidlandi.
‑ “Asr loyihasi” deb atalayotgan “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yo‘li nafaqat mamlakatlarimiz, balki keng mintaqalarimiz xalqlari umumiy ravnaqiga hissa qo‘shadi, deb ishonamiz, – deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Hududlararo hamkorlikda ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Bu borada Namangan viloyati va Panjob provinsiyasi muvaffaqiyatli namuna ko‘rsatmoqda. Boshqa hududlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Savdo-sotiq hajmi oshadi

Anjumanda qayd etilishicha, o‘tgan yilda ikki tomonlama savdo hajmi 50 %ga o‘sgan. Tovar ayirboshlashni yaqin yillarda 500 million dollarga, uzoq muddatli istiqbolda esa 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Tashrif doirasida "Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi" bitimning imzolangani muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, Farmatsevtika, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, bank-moliya va boshqa asosiy yo‘nalishlarda kooperatsiyani kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.
Tashrif arafasida o‘tkazilgan ishbilarmonlik tadbirlari natijasida umumiy qiymati 800 million dollarlik 60 ta yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi.

Gumanitar hamkorlik

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida xavfsizlik, harbiy-texnik sohalarida, terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamkorlik samarali rivojlanmoqda.
Mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida birgalikda ishlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan. Ikki davlat xalqaro tashkilotlar doirasida ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston va Pokiston rahbarlari madaniy-gumanitar sohani sheriklikning eng muhim va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olishdi.
‑ Qadimiy Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston va Pokiston xalqlarini azaldan umumiy tarix, o‘xshash til va boy ma’naviy meros chambarchas bog‘lab turadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ikki mamlakat fan, san’at, kino, sport sohalaridagi aloqalarni kengaytirish, yoshlarga oid dasturlarni amalga oshirish tarafdori ekanini ma’lum qilishdi.
O‘zbekistonda urdu tiliga qiziqish ortib borayotgani, Pokistondagi Islomobod zamonaviy tillar universiteti, Panjob va Peshovar universitetlarida o‘zbek tili, adabiyoti va O‘zbekiston tarixini o‘rganishga katta e’ibor qaratilayotgani aytib o‘tildi.

Afg‘oniston

Muzokaralar chog‘ida Pokiston bosh vaziri Afg‘onistonda murakkablashayotgangumanitar holat jiddiy tashvish va xavotir uyg‘otayotgani qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatni afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0