Sportni rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
Abdullo Aslonov, Shahrillo Mahmudov va Murod Ismoilov sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq sportni rivojlantirish vaziriga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Abdullo Aslonov, Shahrillo Mahmudov va Murod Ismoilov sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Aslonov va Mahmudov bir necha kun oldin tugatilgan Turizm va sport vazirligi rahbarining o‘rinbosarlari bo‘lib ishlab kelishayotgan edi.
Prezidentning 21-fevraldagi farmoni bilan Turizm va sport vazirligi negizida Turizm va madaniy meros vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil qilingan edi.
Aziz Abduhakimov bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri, Adham Ikromov esa sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0