Qo‘shma Shtatlar Rossiya atomi bilan tinchlik shartnomasi imzoladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUchastok izgotovleniya poroshka dioksida urana metodom pirogidroliza
Uchastok izgotovleniya poroshka dioksida urana metodom pirogidroliza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya yoqilg‘isi bo‘lmasa nafaqat Yevropada, balkim AQShda ham har besh oiladan birining uyi chiroqsiz qoladi. Sanksiyalar bu siyosat emas - iqtisod.
G‘arb axborot agentliklariga ko‘ra, tarkibiga Duke Energy va Exelon kompaniyalari kiruvchi Milliy Energetika Instituti (NEI) Oq uyga Rossiyadan yadroviy yoqilg‘i yetkazib berishga taqiq qo‘ymaslikni rasman so‘rashgan.
Chet ellik yadro sohasi olimlari sanoat va hamkorlik zanjirlarini qamrab oluvchi sanksiyalar to‘lqinidan juda xavotirga tushgan. Qayd etilishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroga qaramay, Rossiyaning uran va boyitilgan atom yoqilg‘isi juda jozibador bozor narxiga ega, bu esa o‘z navbatida aholisi aholi va sanoat uchun elektr energiyasi narxini oshirmaslik imkonini beradi. Tabiiyki gap Amerika aholisi haqida ketmoqda.
Mahalliy energetiklarga hurmat bajo keltirgan holda, bularning barchasi haqiqat ekanini tasdiqlaymix va G‘arb OAVlari xabar bermagan yana bir qancha faktlarni qo‘shamiz.
Qo‘shma Shtatlar atom elektr stansiyalari soni bo‘yicha - dunyoda so‘zsiz yetakchi hisoblanadi. Hozirgi kunda u yerda umumiy quvvati 96,5 gigavatt bo‘lgan 88 ta reaktor ishlamoqda. Bu ulkan raqam, ammo atom energetika sohasi hozirgi kunda eng yaxshi vaqtlarni boshdan kechirmayapti.
Amerika atom reaktorlar parki eng ko‘p sonli, lekin ayni paytda eng eskirgan AES lardan iborat. AQShda AES qurish bumi o‘tgan asrning 60-70 yillarida sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda 60 ta reaktor yaratilgan va elektr tarmoqlariga ulangan. Bu jami AESlarning, uchdan ikki qismi.
O‘z vaqtida ushbu AESlar AQSh maishiy sohasi va sanoat ehtiyojlari uchun ulkan miqdorda elektr energiyasi bilan ta’minlani jadal sur’atlar bilan ko‘paytirish imkonini berdi va shu bilan bir vaqtda atom va boshqa chatish sohalarda ko‘plab ish o‘rinlarini yaratdi. Ammo vaqt hamma narsani yemirishi muqarrar va Amerikaning so‘nggi g‘ururi ham asta sekin, sezilmas tarzda "nafaqaga chiqmoqda". Ikki yil oldin amerikaliklar 94 ta reaktorga ega edilar. O‘tgan vaqt ichida ulardan oltitasi munosib "dam olishga" chiqqan.
AESlar eskirishi ishlab chiqarish majburiyatini bekor qilmaydi, shuning uchun amerikalik energetiklar ishlab chiqarish hajmini doimiy ravishda oshirib, uni hozirgi darajaga olib kelishdi. Umumiy quvvati 96 gigavattdan ortiq bo‘lgan soha har yili 790 gigavatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu esa davlat energiya balansining roppa-rosa 20%ini tashkil qiladi.
Jarayonning juda muhim tafsilot shundaki, Qo‘shma Shtatlarda atom energetikasi ulushi so‘nggi o‘n yilliklar davomida deyarli o‘zgarmagan. Agar energiya bloklari soni doimiy ravishda kamayib borayotgan bo‘lsa, ishlab chiqarish foiz ulushini saqlab, o‘sib borayotgan bo‘lsa, bu o‘rtacha yoshi 40 yoshdan oshgan ishlab chiqarish infratuzilmasiga doimiy ravishda oshib borayotgan yukdan dalolat beradi.
Jarayonlarning mohiyatini tushunish uchun biz analogiyadan foydalanamiz. Tasavvur qiling, sizda choynak bor. Oldin unda otangiz kuniga 3 marotaba choy damlash uchun suv qaynatgan. Endi bo‘lsa siz undan uzuluksiz suv qaynatish uchun tunu-kun foydalanmoqdasiz. Choynak tunu-kun yoqilgan, u o‘z jismoniy imkoniyatlari chegarasida ishlamoqda.
Shu bilan birga, asosiy vazifani bajarish - suv isitish uchun uchun choynak ham, atom energetika bloki ham yoqilg‘iga muhtoj. Gap, albatta, boyitilgan uran haqida ketmoqda.
Yadroviy ambitsiyalarga ega bo‘lgan dunyoning etakchi davlatlari har doim mantiqiy ravishda o‘z energiyasini ta’minlashga harakat qilgan - Qo‘shma Shtatlar ham bundan mustasno emas edi. 1960-yillarning boshlarida Vashington besh foizgacha boyitilgan uran-235 izotopini qayta ishlovchi uchta zavod qurilishini moliyalashtirdi. Bular Tennessi shtatidagi Oak Ridj, Kentukkidagi Paduka va Ogayo shtatidagi Portsmut edi. Ushbu zavodlar radioaktiv metall oksidi bilan ta’minlangan, boyitilgandan so‘ng u uran geksaftoridiga, ya’ni oxirgi yoqilg‘iga aylandi, ularsiz energiya bloki qa’rida bo‘linish reaksiyasi amalga oshishi mumkin emas.
Uchta zavod ham taxminan 30-yil davomida sodiq ishladi va 1992-yilda birgalikda yopildi. Ayni paytda shtatlar shartli ravishda bitta shunday korxonaga ega. Shartli ravishda, chunki Nyu-Meksiko shtatidagi Yunis shahridagi zavod Britaniyaning Urenco xususiy kompaniyasiga tegishli. Uran gaz sentrifugalari yordamida boyitiladi, ammo 4,9 million ajratish birliklari (SVU) ishlab chiqarish quvvati Amerika atom elektr stansiyalari ehtiyojlarining atigi besh foizini qoplaydi. Urenso Germaniyada xuddi shunday korxonaga ega va u ham Westinghouse korporatsiyasi foydasiga ishlaydi, ammo u deyarli to‘qson reaktorni jismoniy jihatdan yonilg‘i bilan ta’minlay olmaydi.
Shuning uchun ham amerikaliklar uzoq vaqtdan beri o‘zlariga kerak bo‘lgan hamma narsani chet eldan sotib olishadi.
Tijorat uranining yarmi Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Bu yerda Rossiya asosiy rol o‘ynaydi, chunki u nafaqat qazilma boyliklarga, balki uranni boyitish imkoniyatiga ham ega. Ha, to‘g‘ri, 1993-yilning fevralida Moskva va Vashington o‘rtasida 500 tonna yuqori boyitilgan uran sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Ushbu hamkorlik shartnomasi 2013-yilga qadar davom etdi. Qrim voqealaridan so‘ng Vashington namoyishkorona ravishda shartnomadan chiqdi, lekin aslida bu saylovchilar oldida uyushtirilgan shunchaki ko‘zbo‘yamachilik edi.
Rasman AQSh Rossiyadan hech narsa sotib olmayotgan bo‘lsa-da, amerikaliklar Qozog‘iston va O‘zbekistondan uran rudasi sotib olishar, u esa Rossiyaning "TVEL" kompaniyasi tomonidan boyitilib Urenco zavodiga yetkazib beriladi. Ya’ni, rasman hatto boyitilganidan keyin ham uran Qozog‘iston mahsuloti hisoblanadi. Ana shunday yuridik va geosiyosiy "fokus".
Bizning ehtiyotkorona prognozimizga ko‘ra, AQSh o‘z energetiklari iltimosiga binoan Rossiya uraniga nisbatan sanksiyalar kiritmaydi, xuddi neft sohasiga bo‘lgani kabi. O‘z ittfoqchilariga esa AQSh buni "shunchaki narxlar oshib ketmasligi uchun" deb tushuntirishadi.
Xulosa qilib aytganda Rossiya yoqilg‘isi bo‘lmasa nafaqat Yevropada, balkim AQShda ham har besh oiladan birining uyi chiroqsiz qoladi.
Yangiliklar lentasi
0