https://oz.sputniknews.uz/20220303/pokiston-bilan-deyarli-800-million-dollarlik-shartnomalar-imzolandi-23112851.html
Pokiston bilan deyarli 800 million dollarlik shartnomalar imzolandi
Pokiston bilan deyarli 800 million dollarlik shartnomalar imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida 2021-yilda tovar ayirboshlash hajmi 50 %ga oshdi. Yil boshidan buyon esa 70 % o‘sish kuzatilmoqda.
2022-03-03T13:59+0500
2022-03-03T13:59+0500
2022-03-03T15:28+0500
iqtisod
o‘zbekiston
pokiston
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
sardor umurzakov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23112568_0:69:1280:789_1920x0_80_0_0_3c9d32b61bd2956fe4555d48c288d84c.jpg
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Pokiston poytaxtida 2-mart kuni O‘zbekiston - Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 150ka yaqin vakillari ishtirok etdi, deb xabar qildi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.O‘zbekiston - Pokiston biznes-forumida ikki mamlakatning vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, yirik kompaniyalar va savdo-sanoat palatalari rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi delegatsiyaning Islomobod shahriga tashrif doirasida quyidagi vazifalar belgilab olindi:Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 50 %ga oshdi. Yil boshidan buyon esa 70 % o‘sish kuzatilmoqda. Eslatib tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-4 mart kunlari davlat tashrifi bilan Pokistonga boradi. Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibida O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/03/23112568_68:0:1212:858_1920x0_80_0_0_d2ab5738edd41a66a31be86d58a70ae0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston pokiston tovar ayirboshlash shartnoma umurzakov
o‘zbekiston pokiston tovar ayirboshlash shartnoma umurzakov
Pokiston bilan deyarli 800 million dollarlik shartnomalar imzolandi
13:59 03.03.2022 (yangilandi: 15:28 03.03.2022) O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida 2021-yilda tovar ayirboshlash hajmi 50 %ga oshdi. Yil boshidan buyon esa 70 % o‘sish kuzatilmoqda.
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Pokiston poytaxtida 2-mart kuni O‘zbekiston - Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 150ka yaqin vakillari ishtirok etdi, deb xabar qildi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Forum doirasida “G2B” va “B2B” shaklida bo‘lib o‘tgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida umumiy qiymati 797 million dollar bo‘lgan savdo shartnomalari hamda qo‘shma loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston - Pokiston biznes-forumida ikki mamlakatning vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, yirik kompaniyalar va savdo-sanoat palatalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi delegatsiyaning Islomobod shahriga tashrif doirasida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Ikki mamlakat yaqin kelajakda O‘zbekiston-Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazadi;
O‘zbekiston va Pokiston 2022-yilga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturini birgalikda ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan Pokiston Savdo vazirligi o‘rtasida qo‘shma loyiha ofisi tashkil etiladi;
O‘zbekiston va Pokistonda muntazam ravishda sanoat tarmoq ko‘rgazmalarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 50 %ga oshdi. Yil boshidan buyon esa 70 % o‘sish kuzatilmoqda.
Eslatib tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-4 mart kunlari davlat tashrifi bilan Pokistonga boradi. Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibida O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.