Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashishdi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida ikki mamlakat do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Prezidentlar korxonalarining, eng avvalo, savdo, energetika, mashinasozlik, kimyo, qurilish, tarmoqlari, transport va logistika sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratishgan.
Shu munosabat bilan oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq qo‘shma iqtisodiy loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surish borasida hukumatlar darajasida muntazam va samarali muloqotlar olib borilayotgani ijobiy baholandi.
Mirziyoyev va Toqayev xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashishdi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0