Dunyo bo‘ylab Sputnik saytlariga xakerlik hujumlari uyushtirilmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishStudiya radio Sputnik, arxivnoe foto
Studiya radio Sputnik, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2022
Obuna bo‘lish
Bu kiberhujumlar shanba kunidan buyon tinmayapti, yangiliklarni chop qilish juda qiyinlashgan.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Dunyo bo‘ylab Sputnik axborot agentligining barcha 30 ta saytlariga DDoS-hujum uyushtirilmoqda. Yangiliklarni chop qilish qiyinlashgan. Bu haqda Sputnik matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Butun dunyo bo‘ylab Sputnik saytlariga yana ommaviy kiberhujum uyushtirilmoqda, bu urinishlar shanba kunidan buyon to‘xtamayapti. Barcha saytlarda yangiliklarni chop qilish juda qiyinlashgan, shunday bo‘lsada, foydalanuvchilar saytlarga kira olishapti. O‘quvchilarni yangiliklarni Sputnik᾽ning turli tillardagi Telegram kanallarida kuzatib borishga chaqiramiz”, - deyilgan xabarda.
Anonymous Rossiyaga qarshi kiberurush e’lon qilgani ortidan bir necha kun butun dunyo bo‘ylab Sputnik saytlariga DDoS-hujum uyushtirilgan edi.
Kuni kecha Google Discover va Google News “Rossiya segodnya” XAAning barcha xizmatlari materiallarini ko‘rsatishni cheklagan edi. Mediaguruh buni senzura deb atadi.
"Rossiya segodnya" - xalqaro media guruhining vazifasi dunyo voqealarni tezkor va muvozanatli yoritish, asosiy voqealar haqida turli nuqtayi nazarlarni o‘quvchilarga yetkazishdir. "Rossiya segodnya" media guruhi tarkibiga Sputnik axborot agentligi va radiosi, Rossiyada - RIA Novosti, Praym, InoSMI, Ukraina.ru, Baltnews va TOK kiradi.
Yangiliklar lentasi
0