Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qahva ayollar organizmiga qanday ta’sir qiladi

Obuna bo‘lish
Qahva - qahva daraxtining qovurilgan va maydalangan donlaridan tayyorlangan ichimlik. Dunyodagi eng mashhur ichimliklardan hisoblanadi
Qahva donalarida 70 ga yaqin biologik faol komponentlar, jumladan kofein, 30 ga yaqin organik kislotalar, B guruhi vitaminlari, shuningdek, foliy kislotalari, kaliy, marganes, magniy va fosfor mavjud. Ichimlik antioksidantlarga boy.

Foydali xususiyatlar

JAMA Internal Medicine jurnali chop etgan tadqiqotga ko‘ra, o‘rtacha darajada qahva iste’mol qilgan o‘rta yoshli britaniyaliklarning vafot etish ehtimoli 10-15%ga kamroq ko‘rsatkich qayd etilgan. Yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qahva ayrim turdagi saraton kasalligining kelib chiqish xavfini kamaytiradi.
Bundan tashqari, qahva ichimligini muntazam iste’mol qilish yallig‘lanishni kamaytiradi va gipotenziya (qon bosimining meyordan kamayib ketishi) holatida qon bosimini oshirishga yordam beradi.
Parhezshunos Veronika Xovanskaya RIA Novosti agentligiga ma’um qilishicha, o‘rtacha miqdorda kofein iste’mol qilish (ya’ni kuniga bir-to‘rt finjon qahva) diqqatni jamlashga yordam beradi va aqliy faollikni oshiradi. Bir finjon deganda 100 ml nazarda tutilgan.
Qahva ichimligi bir qator foydali jihatlarga ega:
tarkibida magniy va kaliy mavjud. Bu organizmga insulindan foydalanishga yordam beradi, qondagi qand miqdorini tartibga soladi va shirinlik va gazaklarga bo‘lgan ishtahani kamaytiradi;
kofein yog‘ning parchalanishiga va mashg‘ulot uchun quvvat sifatida foydalanilishiga yordam beradi. Bu ayniqsa erkaklar uchun foydali;
kofein insulin sezgirligini va glyukozaga bardoshlilikni kamaytiradi. Bu esa 2-toifa diabet kelib chiqish ehtimolini oldini oladi;
ba’zi tadqiqotlarda qahvaning Parkinson va Alsgeymer kasalliklarida samarali ekanligi isbotlangan;
Qahva ayollar organizmiga ham yaxshi ta’sir qiladi. Soch, teri va tirnoqlarning go‘zalligini saqlab qolishga yordam beradi. Bundan tashqari, bosh og‘rig‘ini kamaytirishi mumkin.

Zararlar va qarshi ko‘rsatmalar

Albatta, ko‘p miqdordagi qahva organizmga zarar yetkazishi ham mumkin. Xususan, u kalsiyni yemiradi va suyaklar salomatligiga ta’sir qiladi.
“Sifatsiz qahvalarda ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i yoki umumiy noxush holatlarga sabab bo‘luvchi zararli aralashmalar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, uyqusizlik va xavotirni ham qo‘zg‘atadi. Agar organizmda xolesterin miqdori yuqori bo‘lsa, filtrlangan qahvani tanlagan ma’qul”, - deydi shifokor.
Quyidagi holatlar qahva iste’mol qilish mumkin emas:
oshqozon muammolari;
homiladorlik;
yurak-qon tomir kasalliklari;
bolalik yoshi;
yuqori qon bosimi;
asab tizimi kasalliklari;
uyqusizlik
Bundan tashqari, kofe ruhiy kasalliklarga chalinganlar uchun zararli. Chunki u tashvishlanish, asabiy hayajon va vahima hislarini qo‘zg‘atishi mumkin.

Mavzuga oid:

Qora choy haqida barcha haqiqat
Ayollar uchun eng foydali mahsulotlar
Ovqatlanish vaqtida qahva ichish mumkinmi
Qahva ovqat hazm qilishga qanday ta’sir ko‘rsatadi
Yangiliklar lentasi
0