https://oz.sputniknews.uz/20220301/mahalla-va-oilani-qollab-quvvatlash-vazirligining-nomi-ozgardi-va-unga-rahbar-tayinlandi-23060910.html
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining nomi o‘zgardi va unga rahbar tayinlandi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining nomi o‘zgardi va unga rahbar tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenovga yuklatildi.
2022-03-01T19:51+0500
2022-03-01T19:51+0500
2022-03-01T19:51+0500
siyosat
mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/926/87/9268748_0:35:1200:710_1920x0_80_0_0_09045fcd6117f9b0be3a2bda4ffcb533.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mahalla tizimidagi yangilanishlar haqida ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenovga yuklatildi.Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi. Mahalla raisi o‘z hududida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va mahallada o‘zaro hamjihatlikda ishlashni ta’minlaydi.Shuningdek, prezident Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi shahar va tumandan mahallaga tushadi, mahallabay fuqarolarni qabul qilib, ularning masalalari yechimiga yordam beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/926/87/9268748_140:0:1038:673_1920x0_80_0_0_be9a38519cde710c3ce3efd00560adde.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tursinxon xudaybergenov
mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tursinxon xudaybergenov
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining nomi o‘zgardi va unga rahbar tayinlandi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mahalla tizimidagi yangilanishlar haqida ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi
xabar qildi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenovga yuklatildi.
“Farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarur. Shu bois, ‘Nuroniy’ jamg‘armasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. Endi mahalla tizimida ham mutlaqo yangi tizim yaratiladi”, — dedi davlat rahbari.
Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi. Mahalla raisi o‘z hududida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va mahallada o‘zaro hamjihatlikda ishlashni ta’minlaydi.
Shuningdek, prezident Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi shahar va tumandan mahallaga tushadi, mahallabay fuqarolarni qabul qilib, ularning masalalari yechimiga yordam beradi.