Magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi

© Unsplash / John SchnobrichStudenti vo vremya obucheniya
Studenti vo vremya obucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna bo‘lish
Yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi. Bu haqda prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
23 ming nafar qizning kontrakt pullari to‘lash uchun 200 milliard so‘m ajratiladi.
Ta’kidlanishicha, har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi.
Har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi. Yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi.
Bundan tashqari, doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0