Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev Dubayga aylanmoqda

© AP Photo / Efrem LukatskyUkrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina hukumati feyk-axborot yordamida propaganda qilish hamda qo‘rqitish bilan aholini ushlab turibdi, o‘tgan sakkiz yil davomida ularning boshi "yaxshilab chayilgani" bunga yordam bermoqda.
Ukrainani “demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya boshlangan kunidan besh kun o‘tdi. Kiyev uchun ushbu kunlar boshqa shaharlarga nisbatan tinch o‘tdi. Asosiy muammo – mahalliy hukumatning noo‘rin qarorlari tufayli kelib chiqdi: boshlanmagan evakuatsiya va (nafaqat Kiyev balkim boshqa shaharlarda ham) duch kelgan odamga avtomat tarqatish, yo‘q bo‘lgan diversantlardan qo‘rqitish, 1,5 kunlik komendant soati va ho kazo.
Kiyevdan 10 km masofada joylashgan Gostomele aeroporti rus desantchilari tomonidan egallab olinganidan so‘ng 26-27 fevral kunlariga kelib kiyevliklarda “dushman” ustidan g‘alaba qozonishga qandaydir ishonch paydo bo‘la boshladi.
Bunga bir necha sabablar bor edi.
Birinchidan, kuchli davlat propagandasi.
Ikkinchidan, Ukraina Qurolli kuchlarining axborot-psixiologik maxsus operatsiyalari (IPSO). Ularga so‘nggi 8-yil davomida feyk xabarlar tayyorlash va ularni tarqatishni juda yaxshi o‘rgatishgan. Shu sabab Rossiya maxsus operatsiyalari boshlangan kunidan “dushmanning” minglab askarlari qurbon bo‘lgani va tinch aholiga berilgan zarbalar haqida minglab feylar internet va ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirib tashladi. Xususan, Kiyevdagi ko‘p qavatli uyga “Buk” zenit-raketa majmuasi raketasi zarbasi, Xarkov chetidagi ko‘p qavatli uylarni zenit-raketa majmuasidan o‘qqa tutilishi kadrlari – Rossiya zarbasi deb tarqatildi. Aholi ham bunga darhol ishondi.
Uchinchidan, aholi OAVda berilayotgan har qanday yolg‘onga ham hech ikkilanmasdan ishonmoqda.
Ukraina harbiylari Gostomelya aeroportini qayta egallab olgani haqidagi xabarlar 25-fevral kuni ikki marotaba takroran xabar qilindi. Lekin Rossiya harbiylari undan so‘ng ham aeroportda qolishi, negadir hech kimni hayron qoldirmadi.
Zmeiniy orolida Rossiya harbiy dengiz floti bilan so‘nggi kuchi qolgunicha kurashib “qurbon bo‘lgan” 13ta harbiylar voqeasi – juda xunuk chiqdi. Prezident Zelenskiy ularni hatta “o‘limi munosabati bilan” Ukraina qahramoni” mukofotini berishga ulgurdi. Zmeiniy orolida qurolini jangsiz topshirgan 13 emas 82 nafar harbiylar Rossiya telekanallarida ko‘rsatilganidan so‘ng ham hech kim Zelenskiyga nega ularni “tiriklayin ko‘mgani” haqida savol bermadi. Ukraina “feyk-axborot xizmati” darhol yangi versiya bilan chiqdi – “Putin dastlab Zelenskiyga noto‘g‘ri ma’lumot bergan”. Shu sababli ham Zelenskiy yolg‘on axborot tarqatgan. Mutqal axmoqona bo‘lishiga qaramasdan, ushbu versiya Kiyevda keng tarqaldi. (Putin Zelenskiy bilan bir necha oydan beri gaplashmay kelmoqda)
Harbiy asirlarga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bo‘layotgan munosabat, afsuski aksariyat fuqarolarning ruhini ko‘tarishga xizmat qildi. Ushbu holat – millatchilikni yo‘q qilish muhim masala ekanini anglatadi.
Ushbu vaziyatda Kiyevda yangi “ilhomlantiruvchi” feyklar tarqala boshlandi. “Dushmandan ustun kelsak bo‘ldi, Ukrainani darhol YeI va NATOga qabul qilishadi. Shundan so‘ng esa investitsiyalar oqib kela boshlaydi. Ozgina chidasak bo‘ldi, keyin hayotimiz Dubaydagidek bo‘ladi” qabilida.
Eng kulgulisi, baxtli kelajak yaqinligi haqidaga mulohazalarni oziq-ovqat do‘konlari va kam sonli ishlayotgan aptekalar oldidagi uzundan-uzoq navbatlarda eshitish mumkin edi.
Kiyevda hech qanday jangovar harakatlar olib borilayotgan bo‘lmasa-da shahar hokimiyati 26-fevral soat 17 dan 28-fevral soat 8gacha qo‘mondonlik soat e’lon qilib, odamlarni uylariga qamab qo‘yishdi. Bir yarim kun davomida odamlar hatto non va suv uchun ko‘chaga chiqishi mumkin emasdi. Bundan so‘ng 28-fevral kuni oziq-ovqat do‘konlarida ulkan navbatlar paydo bo‘ldi. Aytish joizki hozir Kiyevda aholining 3/2 qismi qolgan. Shaharni tark etayotganlar uchun Kiyev hukumati hech qanday evakuatsiya tashkil qilmagan. Umuman Ukrainaning birorta shahrida ham mahalliy hukumat tomonidan aholini tashkillashtirilgan tartibda evakuatsiya qilish uchun hech qanday chor ko‘rilgani yo‘q.
Aytish joizki, do‘konlardan oziq-ovqatlar butunlay yo‘qolib ketgani yo‘q, lekin non va sut defitsitga aylanmoqda. Aksariyat tovarlar narxlari o‘sib bormoqda. Dori vositalari ham yo‘qolib bormoqda.
Shahar hokimiyati, ehtimol aholi zerikib qolmasligi uchun, tez-tez havo trevogasi e’lon qilib turishibdi. Kiyevdagi ko‘p qavatli uylar orasiga joylashtirilgan artilleriya esa Gostomel aeroportini o‘qqa tutib turibdi. Noaniq o‘qqa tutishlar oqibatida aeroport atrofida joylashgan uylardan hech narsa qolmasa kerak. Donesk va Gorlovkaga berilgan zarbalar yagona emas. Kiyev atrofida joylashgan aholi punktlariga ham zarba berilmoqda. Yo‘q qilingani haqida Zelenskiy xabar bergan “Mriya” samolyoti ham hozir Gostomelni egallab turgan rus kuchlari tomonidan urib tushirilmagan.
Kiyevliklar orasida keng tarqalgan vahimalardan yana biri – diversantlar. Aholiga tartibsiz va cheklovsiz o‘n minglab avtomatik qurol tarqatish oqibatida 25-fevral kuni tinch aholi orasida birinchi qurbonlar bo‘ldi. Shundan so‘ng bepul avtomat egalari “diversantlar ovlash” ommaviy mashg‘ulotga aylandi va yana bir jazosiz jinoyat sodir etildi. Mer Klichko kommendantlik soati davomida avtomobil haydagan har bir kishini diversant deb e’lon qildi va ularni o‘qqa tutishga ruxsat berdi. Shunga o‘xshash buyruqlarni boshqa shahar merlari ham berishdi. Shu orada diversantlar qoldirgan belgilarni qidirish va telefonda geolokatsiya xizmatini o‘chirib qo‘yish haqida IIVning o‘zi ogohlantirdi.
To‘g‘ri, Kiyevda Rossiya askarlarini unchalik kutishmayapti. Aksariyat aholining miyasi juda yaxshi chayilgan. Aytish joizki, ukrainaning sharqiy hududlarida ham rus askarlariga munosabat kutilganidek a’lo emas. Bunga turli sabablar bor. Ulardan biri – aholining o‘z kelajagiga ishonchi yo‘qligi, ertaga ruslar ham ketsa keyin holimiz ne kechadi degan fikrlar ham xalal bermoqda. Ukrainada 2014-yilda yangi hukumatga qarshi bo‘lganlar keyinchalik turli qiynchiliklarga duch kelgan, qamoqqa olingan hatto umridan judo bo‘lgan.
Aholini qo‘rqitish esa haliyam davom etmoqda: Kupansk shahi meriga qarshi jinoiy ish ochildi, chunki u Rossiya Qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan. Faqat Donesk va Luganskda vaziyat boshqacha.
Rossiya tomonidan DXR va LXRning tan olinishi bir necha oydan so‘ng ularning mustaqil fikrlashi, fuqarolik pozitsiyasi uchun yoqib yuborishmasligi yoki tiriklayin ko‘mishmasligining kafolatiga aylandi. Boshqa viloyatlarda ham odamlar kafolatga ega bo‘lmasdan turib o‘z fikrini baralla aytishdan xavfsirab turishibdi.
Yangiliklar lentasi
0