Emlanishdan bosh tortgani uchun ishdan chetlatilgan xodimlar soni ma’lum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning avgust oyidan buyon, 28 ming 500 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda va 44,6 mingta budjet tashkilotlarida o‘rganish tadbirlari o‘tkazilgan.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilining avgust oyidan buyon koronavirusga qarshi emlanishni rad etgan 45 ming 600 nafar xodim ishdan vaqtinchalik chetlatilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 ming 500 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda va 44,6 mingta budjet tashkilotlarida o‘rganish-reyd tadbirlari o‘tkazilgan.

“Xodimlarning emlanganlik holatini o‘rganish tekshiruvlarida davomida jami 89 ming 400 nafar vaksina olmagan shaxs aniqlangan. Shundan 45 ming 600 nafar shaxs ishdan vaqtinchalik chetlatilgan. 4,6 mingta holatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 246 ta obyektga nisbatan faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish chorasi qo‘llanilgan”, – dedi Yusupaliyev.

2021 yilning avgust oyida Mehnat kodeksining 113-moddasiga qo‘shimcha kiritilgan edi. Unga ko‘ra, xodim profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekani belgilangan.
Koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar 72 foizdan oshdi
Respublika maxsus komissiyasining 23-fevraldagi qarori bilan ish beruvchilarga 90 foiz xodimlarini kovidga qarshi emlash majburiyati yuklandi. Emlanmagan, jumladan, buster doza bilan emlangan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi. Buni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qat’iy nazoratga oladi.
Yangiliklar lentasi
0