https://oz.sputniknews.uz/20220301/davlat-xususiy-sektorda-ishlaydigan-ayollarga-homiladorlik-nafaqasini-qisman-tolab-beradi-23058309.html
Davlat xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga homiladorlik nafaqasini qisman to‘lab beradi
Davlat xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga homiladorlik nafaqasini qisman to‘lab beradi
Sputnik O‘zbekiston
2022 yil 1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lab beradigan tizim yaratiladi.
2022-03-01T18:30+0500
2022-03-01T18:30+0500
2022-03-01T18:33+0500
iqtisod
nafaqa
ayollar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177505_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_d5b3c07c7d6ce06cb995559af6877b7c.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Davlat 2022-yil 1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini kafolatli to‘lab beradi. Bu haqda prezident yig‘ilish davomida ma’lum qildi.Yig‘ilishda davlat rahbari ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi.Mamlakatda har yili o‘rtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli bo‘lgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, budjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini to‘liq to‘lab bersada, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham bor.Endi ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi. Bu maqsadlar uchun, budjetdan 2022-yilda 200 milliard so‘m, 2023-yilda esa 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177505_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_66368c0d16048648bd29ad73598c3f72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ayollar homiladorlik nafaqasi qancha o‘zbekiston kim oladi dekret puli
ayollar homiladorlik nafaqasi qancha o‘zbekiston kim oladi dekret puli
Davlat xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga homiladorlik nafaqasini qisman to‘lab beradi
18:30 01.03.2022 (yangilandi: 18:33 01.03.2022) Endi ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Davlat 2022-yil 1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini kafolatli to‘lab beradi. Bu haqda prezident yig‘ilish davomida
ma’lum qildi. Yig‘ilishda davlat rahbari ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi.
Mamlakatda har yili o‘rtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli bo‘lgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, budjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini to‘liq to‘lab bersada, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham bor.
“Shu bois, 2022-yil 1-sentabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lab beradigan tizim yaratiladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Endi ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi. Bu maqsadlar uchun, budjetdan 2022-yilda 200 milliard so‘m, 2023-yilda esa 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.