https://oz.sputniknews.uz/20220301/alimentni-kafolatli-taminlash-boyicha-yangi-tizim-joriy-qilinadi-23059235.html
Alimentni kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
Alimentni kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
2022 yil 1-iyuldan Majburiy ijro burosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi
2022-03-01T19:00+0500
2022-03-01T19:00+0500
2022-03-01T19:00+0500
jamiyat
aliment
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177537_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_a119f0ecb5182bf6654f20a305e01371.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. 1-iyuldan Majburiy ijro burosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment to‘lash yuklangan. Lekin, ularning 172 ming nafari o‘z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, oqibatda aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 milliard so‘mdan oshib ketgan. O‘tgan yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan bog‘liq 70 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.Mirziyoyev bu borada Majburiy ijro burosining faoliyatini tanqid qildi.Mazkur mablag‘lar uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan alimentlarni to‘lashga ajratiladi va keyinchalik buro tomonidan undirib olinadi.MIB uch ming nafardan ziyod qarzdorni qidirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177537_153:0:2884:2048_1920x0_80_0_0_b48480bdcdc5eb26da8127a95ef1529f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aliment to‘lovlari aliment olish
aliment to‘lovlari aliment olish
Alimentni kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
Majburiy ijro burosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi. Unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. 1 iyuldan Majburiy ijro burosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment to‘lash yuklangan. Lekin, ularning 172 ming nafari o‘z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, oqibatda aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 milliard so‘mdan oshib ketgan. O‘tgan yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan bog‘liq 70 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.
Mirziyoyev bu borada Majburiy ijro burosining faoliyatini tanqid qildi.
“Endi aliment to‘lovlarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. 2022-yil 1-iyuldan Majburiy ijro burosida “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi”, -
dedi Mirziyoyev.
Mazkur mablag‘lar uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan alimentlarni to‘lashga ajratiladi va keyinchalik buro tomonidan undirib olinadi.