Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Afrika Ittifoqi Ukraina chegarasidagi irqchilikka e’tibor qaratdi

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishJiteli Ukraini na kontrolno-propusknom punkte Medika-Shegini na polsko-ukrainskoy granitse
Jiteli Ukraini na kontrolno-propusknom punkte Medika-Shegini na polsko-ukrainskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2022
Obuna bo‘lish
Xalqaro huquq normalariga muvofiq mojaro yuz bergan vaqtda, millati va irqidan qat’iy nazar, barcha insonlar chegarani xavfsiz kesib o‘tish bo‘yicha bir xil huquqqa ega.
TOShKENT, 1 mar - Sputnik. Afrika Ittifoqi raisi va Senegal prezidenti Makki Sall hamda Ittifoq Komissiyasi raisi Mussa Faki Maxamat shu kunlarda Ukraina chegarasidagi sodir bo‘layotgan irqchilik holatiga e’tibor qaratdi.
Afrika Ittifoqi Ukrainadagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xususan Ukrain-Polsha chegarasining Ukraina tomonida Afrika davlatlari fuqarolari chegarani xavfsiz kesib o‘tish huquqidan mahrum bo‘lganligi haqidagi xabarlardan juda xavotirda, - deyilgan dunyo rasmiy bayonotda.
Ular har bir inson, millati yoki irqidan qat’iy nazar, mojaro vaqtida xalqaro chegaralarni xavfsiz kesib o‘tishi bo‘yicha teng huquqqa ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tishmoqda.
Ukraina chegarasida afrikaliklarga nisbatan nomaqbul, kamsituvchi munosabatda bo‘linayotgani haqidagi xabarlar - hayratlanarli darajada irqchilik va xalqaro huquq normalari buzilayotganidan darak beradi, - deyilgan bayonotda.
Ushbu munosabat bilan Ittifoq raislari barcha davlatlardan xalqaro huquqni hurmat qilish hamda mojaro yuz berayotgan vaqtda, millati va irqidan qat’iy nazar, barcha insonlarni bir xil qo‘llab-quvvatlash va bir xil munosabatda bo‘lishga chaqiradi.
Raislar Afrika Ittifoqiga a’zo davlatlar va ularning qo‘shni mamlakatlardagi elchixonalari tomonidan Ukrainadan chegarani kesib o‘tishga urinayotgan Afrika fuqarolari va ularning oilalarini qabul qilish va ularni yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatayotgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaydilar.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin xalqaro telekanallar sujetlarida Ukraina chegarachilari Afrika davlatlari fuqarolarini ukrain-polsha chegarasidan o‘tkazmayotgani, ular bir necha kun davomida kutishga majbur bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yangiliklar lentasi
0