TIV bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2022
Obuna bo‘lish
TIVning kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida vazirlik tarkibiy bo‘linmalariga yangi tayinlangan rahbarlar tanishtirildi
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.
Baxtiyor Ibragimov TIV Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi. U ilgari mamlakatning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi lavozimida ishlagan.
Sarvar Mirzarahimov Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Mirzarahimov ilgari Davlat protokoli boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Umid Akramov vazirlikning Xo‘jalik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U ilgari TIV Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0