O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 6ta maxsus yo‘lovchi vagon Rossiyaga eksport qilindi

CC0 / Unsplash / Tian LiJeleznaya doroga
Jeleznaya doroga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2022
Obuna bo‘lish
Maxsus yo‘lovchi vagon Rossiyaning “Gazpromtrans” MChJning Yamal filialiga yetkazib berildi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi" AJda ishlab chiqarilgan olti dona maxsus yo‘lovchi vagon Rossiya Federatsiyasining “Gazpromtrans” MChJning Yamal filialiga yetkazib berildi.
"Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi" AJ Bojxona Ittifoqining texnik reglamentiga muvofiqlik sertifikatiga ega. Bugungi kunda zavod zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ishlanmalardan foydalanadi, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha doimiy izlanishlar olib bormoqda.
"Bugungi kunda zavod Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yo‘lovchi vagonlarini ta’mirlash va ishlab chiqarish sohasida ijobiy obro‘ga erishdi va Rossiya yo‘lovchi vagonlarini eksport qilish bo‘yicha katta shartnoma tuzdi", - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0