https://oz.sputniknews.uz/20220228/aydar-arnasoy-kollar-tizimi-xususiy-investorga-beriladi-23010927.html
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi xususiy investorga beriladi
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi xususiy investorga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘llarni mahalliy investorga ishonchli boshqaruvga topshirish rejalashtirilmoqda. Talabgor noyob turdagi baliqlarni yetishtirish, suv havzalarini baliqlantirish, baliqni qayta ishlash texnologiyasi va tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
2022-02-28T06:11+0500
2022-02-28T06:11+0500
2022-02-28T09:06+0500
iqtisod
aydar-arnasoy ko‘llar tizimi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/11/20940525_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_791eb6a38154a29f174cf98237d52293.jpg
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Prezident 22-fevral kuni “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.Xususan, ko‘llarni tanlov asosida mahalliy investorga ishonchli boshqaruvga topshirish rejalashtirilmoqda. Talabgor noyob turdagi baliqlarni yetishtirish, suv havzalarini baliqlantirish, baliqni qayta ishlash texnologiyasi va tajribasiga ega bo‘lishi kerak.Bundan tashqari, investorga 2022-2026 yillar davomida quyidagilarni amalga oshirishi shart:"Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi" qayta tashkil etildi. Endi u Suv xo‘jaligi vazirligi muassisligidagi MChJ.Baliq ovlash hajmlarini ko‘paytirish, eksportbop va raqobatbardosh baliq mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish, ko‘llar tizimi hududida zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish hamda turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uning asosiy faoliyat va vazifalaridan biridir.Prezident Aydarko‘lning ekologik holatini yaxshilashni topshirdi"Arnasoy" suv ombori hududida baliq ovlashga bir yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Suvdan to‘rlar va ov qilish qurollari yig‘ib olinadi. Suv omborini baliqlantirish maqsadida ilmiy-asoslangan o‘rganishlar amalga oshiriladi.
aydar-arnasoy ko‘llar tizimi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/11/20940525_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_25e74e9dc0da4bedc5930bd25b3461a4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aydar arnasoy ko‘llar tizimi
aydar arnasoy ko‘llar tizimi
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi xususiy investorga beriladi
06:11 28.02.2022 (yangilandi: 09:06 28.02.2022) "Arnasoy" suv ombori hududida baliq ovlashga bir yil muddatga moratoriy e’lon qilindi.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Prezident 22-fevral kuni “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga
imzo chekdi. Xususan, ko‘llarni tanlov asosida mahalliy investorga ishonchli boshqaruvga topshirish rejalashtirilmoqda. Talabgor noyob turdagi baliqlarni yetishtirish, suv havzalarini baliqlantirish, baliqni qayta ishlash texnologiyasi va tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, investorga 2022-2026 yillar davomida quyidagilarni amalga oshirishi shart:
kamida 30 mln dollar investitsiya kiritishi;
ko‘llar tizimidan yillik baliq ovlash hajmlarini 15 ming tonnagacha yetkazishi hamda okeanik qafas (sadok) moslamalarini o‘rnatish orqali qo‘shimcha 5 ming tonna baliq yetishtirishi;
"Tuzkon" ko‘li hududida "Baliq ishlab chiqarish" kompleksi tashkil etishi va u yerda yiliga 3 ming tonna baliqni qayta ishlash korxonasini ishga tushirishi;
ko‘llar tizimining biologik xilma-xilligini saqlash, baliq zaxiralarini ilmiy yondashgan holda ko‘paytirishi;
xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda sho‘r suvda baliq zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha laboratoriya markazini tashkil etishi;
ko‘llar tizimi hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarini to‘liq tozalashi va h.
"Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi" qayta tashkil etildi. Endi u Suv xo‘jaligi vazirligi muassisligidagi MChJ.
Baliq ovlash hajmlarini ko‘paytirish, eksportbop va raqobatbardosh baliq mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish, ko‘llar tizimi hududida zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish hamda turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uning asosiy faoliyat va vazifalaridan biridir.
"Arnasoy" suv ombori hududida baliq ovlashga bir yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Suvdan to‘rlar va ov qilish qurollari yig‘ib olinadi. Suv omborini baliqlantirish maqsadida ilmiy-asoslangan o‘rganishlar amalga oshiriladi.