Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin ushlab turuvchi kuchlarni jangovar shay holatga keltirishni buyurdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin na press-konferensii po itogam vstrechi s kanslerom FRG Olafom Sholsem v Moskve
Prezident Rossii Vladimir Putin na press-konferensii po itogam vstrechi s kanslerom FRG Olafom Sholsem v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti mudofaa vaziri va qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘iga alohida shay holatga keltirishga buyruq berdi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu va qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan uchrashuvda ushlab turuvchi kuchlarni alohida shay holatga keltirishga buyruq berdi.
“G‘arb davlatlari nafaqat mamlakatimizga qarshi iqtisodiy sohada dushmanlik kayfiyatidagi xatti-harakatlarni amalga oshirishmoqda, men noqonuniy sanksiyalarni nazarda tutapman, balki NATOga a’zo davlat rahbarlari davlatimizga qarshi agressiv chiqishlar qilishmoqda, - dedi Rossiya yetakchisi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotnomasida strategik ushlab turuvchi kuchlarning vazifasi Rossiya va ittifoqchilariga hujum qilinganda har qanday qurol bilan, jumladan, yadro qurollari bilan zarba berishni ham nazarda tutishi ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0