O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tranzit savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObmen dokumentami, podpisannimi v ramkax vizita premyer-ministra Pakistana Imrana Xana
Obmen dokumentami, podpisannimi v ramkax vizita premyer-ministra Pakistana Imrana Xana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2022
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan Toshkentda imzolangan O‘zbekiston va Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni tegishli qarorni imzoladi.
O‘zbekiston va Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bu bitim 2021-yil 15-iyulda Toshkent shahrida imzolangandi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston va Pokiston “asr loyihasini” muhokama qildi
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyulida Pokiston bosh vaziri Imron Xon O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida 8 ta hujjat, jumladan, tranzit va savdo to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar almashilgan. Imzolangan shartmalar qiymati 500 million dollardan ziyod.
Yangiliklar lentasi
0