Koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar 72 foizdan oshdi

© Sputnik / Alexandr Kryazhev / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy sotrudnik derjit v rukax shpris s vaksinoy ot COVID-19
Meditsinskiy sotrudnik derjit v rukax shpris s vaksinoy ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 10,6 million ortiq kishi uchinchi va buster doza bilan emlanib bo‘lgan.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanishi kerak bo‘lgan kishilarning 72,3 foizi to‘liq emlanib bo‘ldi. Bundan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunga kelib mamlakatda jami 45 756 511 doza vaksinadan foydalanilgan.
Birinchi bosqichda 19,6 milliondan ziyod kishi (91,7 foiz) emlangan. 15,4 million kishi ikkinchi bosqichda emlangan, 10,6 million ortiq kishi uchinchi va buster doza bilan emlanib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-aprelidan O‘zbekistonda aholini kovidga qarshi ommaviy emlash boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va ichki ishlar xodimlar emlandi. Keyin 18 yoshdan oshganlarning emlanishi shart etib belgilandi.
Respublika maxsus komissiyasining 23-fevraldagi qarori bilan ish beruvchilarga 90 foiz xodimlarini kovidga qarshi emlash majburiyati yuklandi. Emlanmagan, jumladan, buster doza bilan emlangan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0