https://oz.sputniknews.uz/20220227/charm-poyabzal-va-moynachilik-korxonalari-uchun-5-foizlik-kredit-ajratiladi-23003539.html
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik korxonalari uchun 5 foizlik kredit ajratiladi
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik korxonalari uchun 5 foizlik kredit ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun banklarga 60 mln dollar miqdoridagi kredit liniyasi ochiladi.
2022-02-27T10:16+0500
2022-02-27T10:16+0500
2022-02-27T10:16+0500
iqtisod
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177537_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_a119f0ecb5182bf6654f20a305e01371.jpg
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, 2026-yilgacha charm-poyabzal, jun va mo‘ynachilik eksporti 2,8 baravarga ko‘paytiriladi.Tuman (shahar)larda terini qayta ishlashga hamda tayyor charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.Kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023 yillarda 90 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun banklarga 60 mln dollar miqdoridagi kredit liniyasi ochiladi.Qarorga ko‘ra, charm-poyabzal, mo‘ynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini so‘yish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.2022 yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz undiriladi:- yalpi tushumda bolalar, ayollar va sport poyabzallari, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari va tagliklari tushumning kamida 60 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;- yalpi tushumining umumiy hajmida poyabzallar, charm-attorlik mahsulotlari va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar eksportidan tushgan tushumning hajmi 80 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar.Charm-poyabzal mahsulotlari eksportini $1,2 milliardga yetkazish kerak - prezident
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177537_153:0:2884:2048_1920x0_80_0_0_b48480bdcdc5eb26da8127a95ef1529f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
charm poyabzal mo‘ynachilik kredit
charm poyabzal mo‘ynachilik kredit
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik korxonalari uchun 5 foizlik kredit ajratiladi
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun banklarga 60 mln dollar kredit liniyasi ochiladi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori
qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2026-yilgacha charm-poyabzal, jun va mo‘ynachilik eksporti 2,8 baravarga ko‘paytiriladi.
Tuman (shahar)larda terini qayta ishlashga hamda tayyor charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.
Kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023 yillarda 90 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalaridagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun banklarga 60 mln dollar miqdoridagi kredit liniyasi ochiladi.
Banklar tadbirkorlarga yangi uskuna va texnologiyalarni olish uchun 3-yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatgacha 5 foiz stavkada kreditlar ajratadi.
Qarorga ko‘ra, charm-poyabzal, mo‘ynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini so‘yish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.
2022 yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz undiriladi:
- yalpi tushumda bolalar, ayollar va sport poyabzallari, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari va tagliklari tushumning kamida 60 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;
- yalpi tushumining umumiy hajmida poyabzallar, charm-attorlik mahsulotlari va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar eksportidan tushgan tushumning hajmi 80 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar.