Toshkentda namunaviy loyiha asosida avtobus bekatlari quriladi

Avtobusnaya ostanovka v Tashkente
Avtobusnaya ostanovka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda do‘konga ega bo‘lmagan, lekin nogironlar uchun qulay, bepul wi-fi va kuzatuv kameralariga ega bo‘lgan avtobus bekatlari quriladi.
TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Toshkent shahrida avtobus bekatlari namunaviy loyiha asosida quriladi. Ushbu haqida Toshkent shahar hokimining qarori loyihasi ishlab chiqildi
Qaror loyihasida aytilishiga ko‘ra yangi avtobus bekatlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
bekatlarini namunaviy dizayn asosida qurish;
bekat hududida imkoniyati cheklangan fuqarolar to‘siqsiz harakatlanish muhitini yaratish;
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus pandus tashkil etish;
avtomobil yo‘li qatnovi qismi bilan chegarasida "taktil" plitalar o‘rnatish;
aholi uchun bepul internet tarmog‘i (WI-FI) o‘rnatish;
avtobuslar qatnov jadvali va kelish vaqtini ko‘rsatuvchi elektron tablo o‘rnatish;
kuzatuv kamerasini (ma’lumotlarni saqlash xotirasiga ega bo‘lgan) o‘rnatish;
milliy hunarmandchilik yoki zamonaviy dizayndagi o‘rindiqlar o‘rnatish;
chiqindilarni tashlash qutilarini o‘rnatish;
mobil qurilmalarni quvvatlash manbaini o‘rnatish.
Unda aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 2022-yil yakuniga qadar namunaviy loyiha asosida 280ta avtobus bekatlari qurish buyurtmasi elektron onlayn auksion savdolariga joylashtiriladi.
Shuningdek, qarorda 2022-yil 1-sentabrga qadar savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud bo‘lgan amaldagi avtobus bekatlarida yo‘lovchilar, shu jumladan, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish choralari ko‘rilishi ham belgilangan.
Qaror loyihasi 11-martga qadar muhokamada bo‘ladi, deyilgan xabarda
Yangiliklar lentasi
0