Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar sobiq Ittifoq hududiga qanday ta’sir qiladi?

© Sputnik / Anton DenisovDoktor ekonomicheskix nauk, direktor Instituta sotsialno-ekonomicheskix issledovaniy Finansovogo universiteta pri pravitelstve RF Aleksey Zubes
Doktor ekonomicheskix nauk, direktor Instituta sotsialno-ekonomicheskix issledovaniy Finansovogo universiteta pri pravitelstve RF Aleksey Zubes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainada o‘tkazilayotgan maxsus harbiy operatsiya tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar Rossiya va sobiq Ittifoq respublikalariga qanday ta’sir qiladi?
Ijtimoiy-iqtisodiy izlanishlar instituti, iqtisodiyot fanlari doktori Aleksey Zubes Yangi sanksiyalar Rossiya iqtisodiga qanday ta’sir qilishi hamda sanksiyalar oqibatida sobiq Ittifoq respublikalari iqtisodi qandy o‘zgarishi mumkinligi haqida Sputnikka aytib berdi.
Rossiya yirik biznesmenlari va amaldorlariga qarshi kiritilgan sanksiyalar hisobga olinmagan.

AQSh sanksiyalari - "shunchaki nomiga", dekorativ

Rossiyaing Sberbank va uning sho‘’ba korxonalari korrespondent hisob-raqamlarini yopish;
"Sberbank", VTB, "Sovkombank", "Otkritie" va VEB.RF aksiyalari va obligatsiyalari bilan ishlashdan voz kechish;
Rossiyaning "Gazprom", "Rostelekom", "RusGidro", ALROSA, "Sovkomflot", RJD, "Alfa-Bank" va MKB korxonalarini moliyalashtirishni ta’qiqlash;
AQSh tomonidan Rossiya banklarigi nisbatan kiritilgan sanksiyalar – kutilgan natijalarga olib kelmaydi, banklar va ularning mijozlari zarar ko‘rmaydi, Rossiya iqtisodi inqirozga uchramaydi, - deydi Aleksey Zubes.
- To‘g‘ri ushbu banklar xorijda investitsiya kiritish imkoniyati yo‘qotadi, u yerda mablag‘ saqlay olmaydi, lekin banklar barqarorligi uchun bu hech narsa anglatmaydi, - deydi ekspert. - Ularning barchasini ortiada Markaziy Bank va Rossiya hukumati turibdi, shu sababdan hambanklar inqirozga uchrashi yoki ularning mijozlari pullaridan mahrum bo‘lishi ehtimoli nolga teng.
Zubes aytishiga ko‘ra, Rossiya aholisining 90%dan ortig‘i o‘z jamg‘armalarini rublda saqlaydi. Xorijiy valyutaga ega bo‘lganlar pullarni bankla emas naqd ko‘rinishda saqlaydi.
Agar valyuta bilan biror operatsiya qilish kerak bo‘lsa, Rossiyada yuqorida sanat o‘tilgan banklardan boshqa banklar ham juda ko‘p.
Xulosa Shuki AQSh sanksiyalari – shunchaki “hech narsa”, "nomiga" kiritilgan choralar. Ular Rossiya iqtisodining birorta ham sohasiga ta’sir qilmaydi. Bu xuddi hamonini yo‘qotgan odam uni yo‘qotgan joyida emas yorug‘ joyda qidirishiga o‘xshaydi.
Biroz oldin sanksiyalar ostiga tushgan VEB.RF – bu rivojlanish instituti bo‘lib u ma’qullangan loyihalar uchun mablag‘ni asosan hukumatdan oladi. Ba’zi loyihalar uchun u xorijdan pul jalb qilishi mumkin bo‘lsa, endi buni qila olmaydi. Lekin uning asosiy manbai – Markaziy bank ichki krediti.
VEB.RF boshqa respublikalarda olib borayotgan loyihalarga kelsak, masalan O‘zbekistonda, bu yerda hammasi ushbu respublikalar tutgan pozitsiyaga bog‘liq bo‘ladi. Agar ular ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilsa, VEB.RF o‘rniga boshqa Rossiya agenti paydo bo‘lishi mumkin. Lekin u mablag‘ni baribir VEB.RFdan oladi. Bu sanksiyalarni aylanib o‘tish juda oson”, - deydi Aleksey Zubes.
AQShning o‘ziga zarar
Yuqoridagi sanksiyalardan tashqari AQSh Rossiya kompaniyalariga Amerikada investor jalb qilish va qarz olishni ta’qiqlab qo‘ydi.
Demak endi amerikalik investorlar “Gazprom”, “Rostelekom”, “RusGidro”, ALROSA, “Sovkomflota”, RJD va “Alfa-Bank” hamda “Moskva kredit banki” aksiya va obligatsiyalarini sotib ola olmaydi.
“Lekin aynan hozir “Gazprom” aksiyalarini sotib olish uchun ayni qulay vaqt. So‘nggi kunlarda ular o‘rtacha 30%ga arzonlashdi. Ularning real narxi aslida ancha qimmat va yaqin kelajakda ular yana o‘sadi. Ya’ni ushbu aksiyalarni sotib olgan kishi yutadi. Lekin amerikalik investorlar ushbu sanksiyalar tufayli bundan foydalana olishmaydi”, - deb xulosa qiladi ekspert.
Aslini olganda ham ushbu kompaniyalarning birortasida ham aksiyadorlik mablag‘ini jalb qilish bilan hech qanday muammo yo‘q.

Britaniya sanksiyalari - "axmoqona"

VTB aktivlarini muzlatish
Rossiya banklarining Britaniya moliya tizimiga kirishni ta’qiqlash
Rossi yabanklariga funtda to‘lov amalga oshirish va Buyuk Britaniya orqali kliring operatsiyalari o‘tkazishni ta’qiqlash;
"Rostexa", OAK, OSK, "Aeroflot" va"Uralvagonzavod"ga qarshi sanksiyalar kiritish
Britaniya sanksiyalari ayniqsa bizning oddiy xalqimizni xursand qildi. Endi Rossiya elitasi jamlagan pulini G‘arbga olib qochmydigan bo‘ladi – baribir tortib olishadi. Britaniya Rossiya elitasini vatanparvarlikka o‘rgatmoqda. Bu juda yaxshi, buning uchun biz ularga rahmat deymiz.
Umuman ushbu chorani kim o‘ylab topganiga hayronsan, qandadir xususiy shaxsning pulini musodara qilish davlatga nima zarar yetkazishi mumki?
Undan tashqari, London Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu esa – g‘irt axmoqlik, deydi ekspert.
“Rosaviatsiya” ham allaqachon kerakli choralarni qabul qilgan – bundan buyon Britaniya kompaniyalari Rossiya osmonidan uchib o‘ta olmaydi. Demak endi Pekin, Tokio va Osiyo qit’asining boshqa shaharlariga Sibir orqali eng qisqa yo‘l bilan emas Rossiyani aylanib uchishiga to‘g‘ri keladi. Bu ularga ancha qimmatga tushadi. Xo‘sh nima kerak edi shu sanksilar?

Yevropa Ittifoqi sanksiyalari - "qisman ta’sir qiladi"

NQZlarni yangilash uchun kerakli texnologiyalar eksportidan voz kechish
Rossiyaning yirik davlat kompaniyalari uchun YeIda moliyaviy operatsiyalarni ta’qiqlash
Rossiya aviakompaniyalariga uskuna va aviatsiya ehtiyot qismlari sotishni ta’qiqlash
Transport sektoriga qarshi sanksiyalar
Ikki maqsadni mahsulotlar yetkazib berishni ta’qiqlash
Eksportni nazorat qilish, viza siyosatini o‘zgartirish
Yevropa sanksiyalari asosan Rossiya davlat korxonalariga YeIda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish hamda Rossiya elitasiga Yevropa banklarida 100 mingdan katta mablag‘ saqlashni ta’qiqlashdan iborat. Aytishlaricha ularning maqsadi – Rossiyada inflyatsiyani oshirish va sanoat potensialini kamaytirishdan iboratdir.
Banklar G‘arbdan arzon (1-4%) kreditlar olishini cheklash bu inflyatsiyani biroz oshirish mumkin. Lekin bu yil rossiyada inflyatsiya shundoq ham 10% atrofida bo‘lishi kutilayotgan edi.
Lekin bir narsani unutmaslik kerak – Rossiya banklarining asosiy moliya manbai – bu ichki aholi jamg‘armalaridir, ikkinchi o‘rinda esa Markaziy Bank kreditlari. Xorijiy kreditlardan kam sonli banklar foydalanar edi.
Demak endi u mutlaq bo‘lmaydi va Rossiyaning tashqi qarzi miqdori kamayadi. Bu esa iqtisodni yanada sog‘lomlashtiradi.
Yevropaliklar Rossiya banklarining 70%ini jazoladik deb jar solganda, bunga ishonmaslik kerak, chunki Rossiya iqtisodining 90-95% - bu rubl iqtisodi, valyuta emas. Yevropaliklar unga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi.
Neftni qayta ishlash zavodlari uchun YeI yangi texnologiyalari yetkazib berishi ta’qiqlab qo‘yish – sohani modernizatsiya qilishni kechiktiradi.
Biz bunday jazodan 2014-yilda o‘tgan edik. O‘shanda amerikaliklar qazib olish texnikalari eksportini ta’qiqlab qo‘yishgan edi. Lekin neft sohasi bundan deyarli zarar ko‘rmadi. Qaytaga bu ichki ishlab chiqarishni rivojlantirishga turtki bo‘ldi.
Yevropaning aviatsiya sohasiga ehtiyot qismlar sotishni ta’qiqlab qo‘yishi – Rossiya uchun darhaqiqat og‘riqli bo‘lishi mumkin, chunki bizda hozir yetarlicha samolyotlar ishlab chiqarilmaydi.
Lekin sotish ta’qiqlangani bilan lizing ta’qiqlanmagan. Demak Rossiya lizing samolyotlardan foydalanishga o‘tadi.
Yaponiya sanksiyalari
Rossiyaga yarim o‘tkazgichlar yetkazib berishga embargo
Rossiya moliya institutlari aktivlarini muzlatib qo‘yish (qaysi)
Kanada sankiyalari
Rossiya davlat tizimi va korxonalariga qarshi sanksiyalar. Ular orasida Markaziy Bank, Moliya vazirligi, "Sberbank", VTB, "Alfa-Bank", "Sovkombank", "Rusgidro",
"Rostex", "Roskomflot", RJD, "Transneft", "Gazprom", "Rostelekom", ALROSA, OAK,
"Gazpromneft", "Takticheskoe raketnoe voorujenie" korporatsiyasi bor.

SWIFTdan o‘chirish - "qo‘rqtiuv chorasi xolos"

G‘arbda Rossiyani SWIFTdan o‘chirish faol muhokama qilinmoqda. Bu chora ham qo‘llanilishi mumkin, lekin ko‘zangan natijaga erisha olmaydi.
Chunki dunyoda SWIFTdan boshqa bir necha banklar orasida axborot almashuv tizimlari bor. Rossiyada o‘z ichki tizimi, Xitoyda o‘ziniki. Lekin YeI Rossiyani SWIFTdan o‘chirsa ular Rossiyaga sotilgan mollar uchun to‘lovni qanday oladi? Rossiya Yevropaning 5-chi yirik savdo hamkori. Yillik oborot 80 mlrd yevro. Yevropa banklari rossiya binklari bilan axborot almasha olmasa ular ushbu pullarni qanday oladi? Shu sababli ham YeIning aksariyat a’zolari hozir ushbu choraga qarshi ovoz berishmoqda.
Shuningu uchun hozirda SWIFTdan o‘chirish – qo‘rqituv chorasi xolos.

G‘arb sanksiyalari sobiq Ittifoq hududiga qanday tasir qilishi mumkin?

G‘arb sanksiyalari Belarusga ham tegishli bo‘ladi. Ushbu chora-tadbirlar Belarusning mudofaa sektori va moliya institutlariga qaratilgan. AQSh Moliya vazirligiga ko‘ra, respublika Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lgan ikkita soha kiritilgan.
Sanksiyalar ro‘yxatiga - "Belinvestbank" va "Bank Dabrabit", shuningdek, qator mudofaa sanoati korxonalari va xavfsizlik agentliklari kiritilgan.
"Bular, albatta, Belarusga zarba bo‘lmaydi, chunki uning asosiy bozori Rossiyadir", deydi Aleksey Zubes. Ha, ba’zi muammolar bo‘lishi mumkin, ammo bu muammolar korxonalarning ishlashini va Belarusning makroiqtisodiy barqarorligini shubha ostiga qo‘ymaydi.
Qozog‘istonni hozirgi vaziyatda kuzatish qiziq bo‘ladi, deydi ekspert. "Mamlakat doimo Sharq va G‘arb o‘rtasida muvozanatni saqlashga, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga harakat qilgan", deydi u. - Ammo bugungi kunda respublika Rossiyaga shunchalik qattiq bog‘langanki, u bir tomonni tanlashga majbur bo‘ladi. Agar Qozog‘iston, ilgari bo‘lgani kabi, u yoki bu shaklda Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilsa, bu bir qator qo‘shma loyihalarning to‘xtatilishi va mamlakat rivojlanishining sekinlashishini anglatadi.
Bundan so‘ng esa quyidagi vaziyat yuzaga keladi, agar Qozog‘iston G‘arb sanksiyalariga ergashsa, u “Bitta belbog‘, bitta yo‘l”ning barcha loyihalaridan chiqib qoladi, Chunki u Rossiya va Xitoy bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni to‘liq rivojlantira olmaydi”, - deydi ekspert.
Ushbu voqealar fonida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev muhim qaror qabul qildi. U ayni qizqin pallasida Moskvaga uchib keldi va Rossiya bilan kerakli hamkorlik hujjatlarni imzoladi. Ukraina mojarosi boshlangan vaqtda sodir bo‘lgan ushbu holat Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlikni shubha ostiga qo‘ymasligini aytdi.
“U o‘z tanlovini Rossiya foydasiga emas, balki Xitoy, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi integratsiya loyihalari foydasiga qildi. Xuddi shu tanlovni Qozog‘iston ham qilishi kerak. Aks holda u Xitoy va Rossiya bilan yaqin sherikchilik munosabatlaridan chiqib ketadi”, - deydi Aleksey Zubes.
Boltiqbo‘yi mamlakatlari - sof g‘arbparast siyosat olib borishi aniq. Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarning uzilishi - iqtisodiy tanazzulni albatta davom ettiradi. Bu Litva, Latviya va Estoniya uchun odatiy holdir. Har uchala holatda ham iqtisod turg‘unlashadi.
Moldova haqida gapiradigan bo‘lsak, u bir vaitda "ikki stulda o‘tirishga" harakat qilmoqda. Ikkinchidan u, albatta, o‘zining tranzit pozitsiyasidan foydalanishga harakat qiladi.
Boshqa tomondan, ular Rossiya va Yevropa o‘rtasida o‘ziga xos neytral vositachi bo‘lib qoladi va vositachilik evaziga pul ishlashga harakat qilishlari aniq. Bunda ular muvaffaqiyat qozonishi ham mumkin.
Rubl kursining o‘zgaruvchanligi, albatta, sobiq Ittifoq respublikalari valyutalariga ta’sir qiladi. Ularning barchasi Rossiyaga qattiq bog‘liq va Rossiyada sodir bo‘layotgan har qanday muammo ularda o‘z aksini topadi.
Inflyatsiya va devalvatsiya nafaqat Rossiyada, balki Markaziy Osiyo respublikalarida va Boltiqbo‘yida ham bo‘lishi mumkin. Bizning har qanday muammolarimiz ularning iqtisodiga ham tegishli”, - deydi Aleksey Zubes.
Sobiq SSSR davlatlari qandaydir tarzda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimida ishtirok etsa, ularning o‘zlari iqtisodiy muammolarga duch kelishadi. "Rossiya iqtisodiyoti ular uchun o‘zlarining moliyaviy farovonligi nuqtayi nazaridan juda ko‘p narsani anglatadi", deb ta’kidlaydi ekspert.
Har doim Rossiya Federatsiyasining ichki muammolari ushbu mamlakatlar iqtisodiyotida o‘z mahsulotlariga Rossiya talabining pasayishi shaklida namoyon bo‘lgan. Bu ham barcha qo‘shnilarga bosimning qo‘shimcha omilidir”.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, sanksiyalarga qo‘shilmaslik uchun vaqtinchalik yechimlar butun postsovet hududida topilishiga ishonchim komil, deydi ekspert. - Yana bir bor aytaman, bu sanksiyalarning hech biri Rossiya iqtisodiyoti uchun halokatli emas”.
Ushbu sanksiyalar yil oxirida Rossiyada inflyatsiyani 10% ga yetkazishi mumkin. Rubl kursi esa 1 dollar uchun 80-90 rubl oralig‘ida qoladi. Markaziy bank uning 90 rubldan oshib ketishiga qo‘ymaydi. Yilning ikkinchi yarmiga kelib, rublning barqarorlashuvi va mustahkamlanishi, Ukrainadagi vaziyat tinchlanganidan so‘ng, biz avvalgi holatga qaytishni ko‘rishimiz mumkin, deydi Aleksey Zubes.
* Ushbu sanksiyalarda Rossiya yirik biznesmenlari va amaldorlariga qarshi kiritilgan sanksiyalar hisobga olinmagan.
Manbaalar: AQSh Moliya vazirligi, Yevrokomissiya, Kanada hukumati, Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi, ochiq manbaalar.
Yangiliklar lentasi
0