Rossiya telekanallari EBUni tark etdi

© Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishJerebyevka po raspredeleniyu efirnogo vremeni na telekanalax mejdu kandidatami na post prezidenta RF
Jerebyevka po raspredeleniyu efirnogo vremeni na telekanalax mejdu kandidatami na post prezidenta RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2022
Obuna bo‘lish
"Biz siyosatlashgan, noxolis va a’zolariga noteng huquqlar taqdim etayotgan ushbu tashkilotda ortiq qola olmaymiz" - Rossiya milliy OAVlari.
TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Rossiyaning yetakchi telekanallari Yevropa Teleradioeshittirishlar ittifoqidan chiqdi.
“Perviy kanal”, “VGTRK” va “Ostankino” Radio uyi, Rossiyaning “Yevrovidenie-2022” qo‘shiq tanlovida ishtirok etishdan chetlashtirilishiga javob sifatida, Yevropa Teleradioeshittirishlar ittifoqidan (EBU) chiqishini e’lon qildi. Rossiya OAVlari o‘zlarining ushbu harakatni har doim o‘zining nosiyosiy maqomiga urg‘u berib kelgan “Yevrovidenie" musiqali tanlovida - noo‘rin qurbonlik deb hisoblaydi, - deyilgan xabarda.
Rossiyaning ushbu tanlovdan chetlatilishi – “Yevrovidenie” bilan bog‘liq so‘ngi, lekin birinchi qaror emas. Masalan 2016-yilda g‘alaba “1944”deb nomlangan qo‘shiqqa berildi, vaholanki - u ochiq siyosiy manifest edi. Lekin oradan bir necha yil o‘tib tanlov tashkilotchilari Belarusning “Men senga o‘rgataman” qo‘shig‘ini – siyosiy sabablarga ko‘ra diskvalifikatsiya qildi.
Bu tanlov tashkilotchilarining “siyosat” iborasiga o‘zlariga ma’qul uslubda, noxolis yondashishlariga ikkita misol xolos. A’zolarining yarmi YeI tarkibiga kirmaydigan EBU bgungi kunda, afsuski, Yevropa Ittifoqining siyosiy amrini bajaruvchi tashkilotga aylanib qolgan.
Biz o‘z a’zolariga noteng huquqlar taqdim etayotgan ushbu klubda ortiq qola olmaymiz degan qarorga keldik, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Yevropa Teleradioeshittirishlar ittifoqi (European Broadcasting Union, EBU) 1950-yilda tashkil qilingan, dunyoning eng yirik milliy OAVlari uyushmasi hisoblanadi. 2015-yil holatiga uning tarkibiga 56 davlatdan 73ta milliy OAV kirgan. Ushbu tashkilot 1954-yildan buyon "Yevrovidenie" musiqali tanlovini o‘tkazib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 21-fevral kuni DXR va LXR respublikalarini tan olishini e’lon qilgan va 24-fevral kuni Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlangan edi. Bunga javoban AQSh va Yevropa Ittifoqi, Britaniya, Kanada, Yaponiya Rossiyaga qarshi bir qator iqtisodiy, moliyaviy va boshqa cheklovlar kiritishni boshladi.
Yangiliklar lentasi
0