Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Melitopol shahrini to‘liq nazorat ostiga oldi

© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie VS RF v avtomobile kolonni voyennoy texniki v Armanske
Voyennoslujashie VS RF v avtomobile kolonni voyennoy texniki v Armanske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Melitopol shahrida provokatsiyalarni oldini olish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqda.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina Janubida Azov dengizi bo‘yida joylashgan Melitopol shahri ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Rossai Qurolli kuchlari tomonidan Melitopol shahri ustidan to‘liq nazorat o‘rnatildi. <...> Rossiya harbiylari tinch aholi xavfsizligini ta’minlash va Ukraina maxsus xizmatlari va millatchilari tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan provokatsiyalarni oldini olish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqda", - deyilgan rasmiy xabarda.
Mudofaa vazirligining rasmiy vakili aytishiga ko‘ra, millatchi batalonlar tashlab kettayotgan hududlarda ko‘prik, elektrostansiya va boshqa obyektlarni portlatib ketishmoqda.
Ma’lumot uchun, 25-fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dastlab Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi, lekin keyinchalik ushbu fikrdan qaytib, aholi turar joylari ichkarisida qurollar joylashtirishni boshlagan, Yeiyevda aholiga bir necha o‘n ming o‘qotar qurollar tarqatgan edi. Shundan so‘ng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainalik harbiylarga murojaat qilib, hokimiyatni o‘z qo‘liga olishni taklif qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni Rossiya tomonidan Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlangan edi. Uning maqsadi Ukrainani bosib olish emas, Ukraina hududidagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va millatchilardan tozalash. Harbiy operatsiya davomida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina shaharlariga, aholi punktlariga zarba bergani yo‘q. Faqat aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida harbiy obyektlar yo‘q qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0