https://oz.sputniknews.uz/20220225/zelenskiy-putinga-muzokaralar-stoliga-otirishni-taklif-qildi-22986151.html
Zelenskiy Putinga muzokaralar stoliga o‘tirishni taklif qildi
Zelenskiy Putinga muzokaralar stoliga o‘tirishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinga Donbassdagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.
2022-02-25T16:50+0500
2022-02-25T16:50+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
vladimir putin
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/19/22986018_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_64dd11088b690f329a6b710cf3a4c47f.jpg
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Donbassdagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, Moskvaning rejalarida Ukrainani bosib olish emas, faqat uni qurolsizlantirish va natsizmni yo‘qotish ko‘zda tutilgan.U Ukraina harbiylarini jinoiy buyruqlarni bajarmaslikka, qurollarini tashlab, uylariga qaytishga chaqirdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xunrezlik uchun barcha javobgarlik Kiyev rejimining vijdonida bo‘ladi.Keyinchalik Mudofaa vazirligi Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina shaharlariga hech qanday zarba bermayotganini ta’kidladi: harbiy infratuzilma yuqori aniqlikdagi vositalar yordamida ishdan chiqarilmoqda. Tinch aholiga hech narsa xavf solmaydi.Mudofaa vazirligiga bayonotiga ko‘ra, Ukraina chegarachilari “hech qanday qarshilik ko‘rsatmayotgani”, ayrim hollarda ukrainalik harbiylar taslim bo‘lmoqda, shundan so‘ng ular o‘z oilalari bag‘riga qaytish imkoniga ega bo‘ladi.Juma kuni ertalab Ukrainaning 118ta harbiy obyekti ishdan chiqarildi, Chernobil AES nazoratga olindi. Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari bostirildi, harbiy havo bazalarining harbiy infratuzilmasi ishdan chiqarildi, deb qayd etdi Mudofaa vazirligi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/19/22986018_166:0:2833:2000_1920x0_80_0_0_4e33541a1120c55ec65146f76c6320f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zelenskiy putin muzokaralar stoliga o‘tirishni taklif qildi
zelenskiy putin muzokaralar stoliga o‘tirishni taklif qildi
Zelenskiy Putinga muzokaralar stoliga o‘tirishni taklif qildi
16:50 25.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinga Donbassdagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Donbassdagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.
"Rossiya Federatsiyasi prezidentiga yana bir bor murojaat qilmoqchiman. Butun Ukraina bo‘ylab janglar ketmoqda. Odamlar o‘limini to‘xtatish uchun muzokaralar stoliga o‘tiraylik" - dedi u.
Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, Moskvaning rejalarida Ukrainani bosib olish emas, faqat uni qurolsizlantirish va natsizmni yo‘qotish ko‘zda tutilgan.
U Ukraina harbiylarini jinoiy buyruqlarni bajarmaslikka, qurollarini tashlab, uylariga qaytishga chaqirdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xunrezlik uchun barcha javobgarlik Kiyev rejimining vijdonida bo‘ladi.
Keyinchalik Mudofaa vazirligi Rossiya Qurolli Kuchlari Ukraina shaharlariga hech qanday zarba bermayotganini ta’kidladi: harbiy infratuzilma yuqori aniqlikdagi vositalar yordamida ishdan chiqarilmoqda. Tinch aholiga hech narsa xavf solmaydi.
Mudofaa vazirligiga bayonotiga ko‘ra, Ukraina chegarachilari “hech qanday qarshilik ko‘rsatmayotgani”, ayrim hollarda ukrainalik harbiylar taslim bo‘lmoqda, shundan so‘ng ular o‘z oilalari bag‘riga qaytish imkoniga ega bo‘ladi.
Juma kuni ertalab Ukrainaning 118ta harbiy obyekti ishdan chiqarildi, Chernobil AES nazoratga olindi. Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari bostirildi, harbiy havo bazalarining harbiy infratuzilmasi ishdan chiqarildi, deb qayd etdi Mudofaa vazirligi.