https://oz.sputniknews.uz/20220225/har-kuni-badantarbiya-qilganda-organizmda-nimalar-sodir-boladi-22956753.html
Har kuni badantarbiya qilganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi
Har kuni badantarbiya qilganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Har kuni tongda 20 daqiqa badantarbiya qilish nafaqat ortiqcha vazn bilan kurashishga, balki salomatlikda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan jiddiy muammolarni oldini olishga yordam beradi. Mashqlar bilan qanday muammolarni oldini olishi mumkin?
2022-02-25T06:12+0500
2022-02-25T06:12+0500
2023-04-05T15:48+0500
bu qiziq
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1436/83/14368385_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_c72ffca7624661bed98823582da166a0.jpg
Tonggi jismoniy mashqlar bilan aynan qanday muammolarni oldini olishi mumkin? Bu haqida yugurish va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Yevgeniy Shuvakin RIA Novostiga batafsil so‘zlab berdi.Badantarbiya - sog‘lom suyaklar garovi40 yoshdan so‘ng inson suyaklari noziklasha boshlaydi. Skelet har doim o‘zgaradi, biroq bu bilinmaydi. Suyaklar to‘qimasida moddalar almashinuvi jarayonlari doimo davom etadi. Kemirchak hujayralari - xondrotsitlar - kollagen (elastiklik uchun mas’ul bo‘lgan biriktiruvchi oqsil) ishlab chiqaradi, ammo bu jarayon yosh o‘tishi bilan sekinlashadi.“Bu jarayon bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun eng yaxshi usul - jismoniy faollik hisoblanadi, masalan, piyoda yurish, yoga yoki tonggi badantarbiya. Agar bir haftada 150 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, suyaklarda moddalar almashinuvini tezlashtirgan bo‘lasiz. Bu bilan turli xil suyak sinishlaridan va 50 yoshdan so‘ng osteoporozdan o‘zingizni sug‘urtalagan bo‘lasiz. Tanada buzilishlar mushaklarda faollik yo‘qligida paydo bo‘lishi mumkin. Bunda mushaklar noziklashadi va skelet uchun tayanch bo‘lmay qoladi”, - deydi murabbiy.Ikkinchi yurakka ega bo‘lasizJismoniy faollik vaqtida yurak tezroq uradi: tomirlarga suriladigan qon miqdori oshadi.“Odatda kaft va to‘piqlari doimo sovuq haroratda bo‘ladigan insonlar uchun badantarbiya juda zarur. Suyakda qon bosimi ko‘tariladi, kapillyarlar faollashadi. Jismoniy faollikdan keyin har bir kapillyarning diametri ikki barobar ortadi. Ya’ni, tana hujayralari ham ikki barobar ko‘p oziqlanish va zarur gormonlarni oladi, - deydi Yevgeniy Shuvakin.Qondagi shakar miqdorini nazoratga olasizMashg‘ulotlar vaqtida hujayralar insulindan samarali foydalanadi. Bu ortiqcha vazn tufayli qandli diabet kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan insonlarda hattoki kasallik irsiy bo‘lsa ham paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.Ortiqcha vazndan xalos bo‘lasiz“Masalan vazningiz 60 kg bo‘lsa va 20 daqiqa mobaynida juda intensiv bo‘lmagan mashqlar bajarmasangiz ham taxminan 80-90 kilokaloriy yo‘qotasiz. Bu ko‘p emas, biroq bu tufayli metabolizm tezlashadi va kun davomida tana ko‘proq energiya sarflaydi”, - deydi murabbiy.Murabbiyning ma’lum qilishicha, 21 kun uzluksiz jismoniy faollik bilan shug‘ullanganda tonggi badantarbiya har kungi odatga aylanadi.“Besh soat yoki undan ortiq vaqt mobaynida faqat o‘tirgan holda ishlashda gipodinamiya rivojlanadi. Bu faqatgina mushaklar atrofiyasi emas, balki kompleks holat bo‘lib, tushkunlik, charchoq hissi kabi oqibatlari bilan xavflidir. Bunda hatto dam olish ham ta’sir qilmaydi. Ishchanlik qobiliyati pasayadi, ishtaha yo‘qoladi yoki aksincha inson qancha ko‘p yesa ham to‘ymaydi. Shuning uchun ham 15-20 daqiqa bo‘lsa ham tongda badantarbiya qilish zarur. Badantarbiya tetiklik quvvatini beradi, endorfinlar (quvonch gormoni) miqdorini ko‘paytiradi va harakat qilishga xohishni rag‘batlantiradi”, - deydi Yevgeniy Shubakin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1436/83/14368385_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_9ca08d30af7df2bceb594f9c6a731d0f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
badantarbiya mashq ortiqcha vazn xalos bo‘lish foydasi
badantarbiya mashq ortiqcha vazn xalos bo‘lish foydasi
Har kuni badantarbiya qilganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi
06:12 25.02.2022 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) Har kuni tongda 20 daqiqa badantarbiya qilish nafaqat ortiqcha vazn bilan kurashishga, balki salomatlikda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan jiddiy muammolarni oldini olishga yordam beradi.
Tonggi jismoniy mashqlar bilan aynan qanday muammolarni oldini olishi mumkin? Bu haqida yugurish va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Yevgeniy Shuvakin RIA Novostiga batafsil so‘zlab berdi.
Badantarbiya - sog‘lom suyaklar garovi
40 yoshdan so‘ng inson suyaklari noziklasha boshlaydi. Skelet har doim o‘zgaradi, biroq bu bilinmaydi. Suyaklar to‘qimasida moddalar almashinuvi jarayonlari doimo davom etadi. Kemirchak hujayralari - xondrotsitlar - kollagen (elastiklik uchun mas’ul bo‘lgan biriktiruvchi oqsil) ishlab chiqaradi, ammo bu jarayon yosh o‘tishi bilan sekinlashadi.
“Bu jarayon bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun eng yaxshi usul - jismoniy faollik hisoblanadi, masalan, piyoda yurish, yoga yoki tonggi badantarbiya. Agar bir haftada 150 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, suyaklarda moddalar almashinuvini tezlashtirgan bo‘lasiz. Bu bilan turli xil suyak sinishlaridan va 50 yoshdan so‘ng osteoporozdan o‘zingizni sug‘urtalagan bo‘lasiz. Tanada buzilishlar mushaklarda faollik yo‘qligida paydo bo‘lishi mumkin. Bunda mushaklar noziklashadi va skelet uchun tayanch bo‘lmay qoladi”, - deydi murabbiy.
Ikkinchi yurakka ega bo‘lasiz
Jismoniy faollik vaqtida yurak tezroq uradi: tomirlarga suriladigan qon miqdori oshadi.
“Odatda kaft va to‘piqlari doimo sovuq haroratda bo‘ladigan insonlar uchun badantarbiya juda zarur. Suyakda qon bosimi ko‘tariladi, kapillyarlar faollashadi. Jismoniy faollikdan keyin har bir kapillyarning diametri ikki barobar ortadi. Ya’ni, tana hujayralari ham ikki barobar ko‘p oziqlanish va zarur gormonlarni oladi, - deydi Yevgeniy Shuvakin.
Qondagi shakar miqdorini nazoratga olasiz
Mashg‘ulotlar vaqtida hujayralar insulindan samarali foydalanadi. Bu ortiqcha vazn tufayli qandli diabet kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan insonlarda hattoki kasallik irsiy bo‘lsa ham paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lasiz
“Masalan vazningiz 60 kg bo‘lsa va 20 daqiqa mobaynida juda intensiv bo‘lmagan mashqlar bajarmasangiz ham taxminan 80-90 kilokaloriy yo‘qotasiz. Bu ko‘p emas, biroq bu tufayli metabolizm tezlashadi va kun davomida tana ko‘proq energiya sarflaydi”, - deydi murabbiy.
Murabbiyning ma’lum qilishicha, 21 kun uzluksiz jismoniy faollik bilan shug‘ullanganda tonggi badantarbiya har kungi odatga aylanadi.
“Besh soat yoki undan ortiq vaqt mobaynida faqat o‘tirgan holda ishlashda gipodinamiya rivojlanadi. Bu faqatgina mushaklar atrofiyasi emas, balki kompleks holat bo‘lib, tushkunlik, charchoq hissi kabi oqibatlari bilan xavflidir. Bunda hatto dam olish ham ta’sir qilmaydi. Ishchanlik qobiliyati pasayadi, ishtaha yo‘qoladi yoki aksincha inson qancha ko‘p yesa ham to‘ymaydi. Shuning uchun ham 15-20 daqiqa bo‘lsa ham tongda badantarbiya qilish zarur. Badantarbiya tetiklik quvvatini beradi, endorfinlar (quvonch gormoni) miqdorini ko‘paytiradi va harakat qilishga xohishni rag‘batlantiradi”, - deydi Yevgeniy Shubakin.