Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII: O‘zbekiston temir yo‘l va avto transportda yo‘lovchilarni tashishni tiklashni taklif qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy" posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov temir yo‘l va avtotransportda yo‘lovchi tashishni tiklashni taklif qildi.
Bugun Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov temir yo‘l va avtotransportda yo‘lovchi tashishni tiklashni taklif qildi.

“Dunyoda epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvi kuzatilayotgani va mamlakatimizda aholini emlash ishlari olib borilayotganini hisobga olib, temir yo‘l va avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashishni qayta tiklash vaqti keldi, deb hisoblaymiz”, - dedi O‘zbekiston bosh vaziri.

Uning ta’kidlashicha, 2025-yilgacha Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining strategiyasi transport infratuzilmasini, jumladan, YeOIIni “Bitta belbog‘, bitta yo‘l” tashabbusi bilan bog‘lash doirasida rivojlantirishni nazarda tutadi.
“Shu nuqtayi nazardan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasini real amalga oshirish mintaqaviy transport tarmog‘ining muhim bo‘g‘iniga aylanishi mumkin”, - deb qo‘shimcha qildi Aripov.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov na pandemiya qiyinchiliklari na salbiy oqibatlari respublika va YeOII davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining o‘sishini to‘xtata olmaganini ta’kidladi.
2021 yil oxirida u 30 foizga oshdi va qariyb 13 milliard dollarni tashkil qildi.
“Tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish maqsadida sanitariya, fitosanitariya va veterinariya talablarini texnik jihatdan tartibga solish normalarini uyg‘unlashtirish va o‘zaro e’tirof etish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish zarur”, — deb qo‘shimcha qildi Aripov.
YeOII a’zolari - Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – O‘zbekiston, Moldova, Kuba.
O‘zbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0