Ukrainada urush necha kun davom etadi - harbiy ekspert javobi
22:30 24.02.2022 (yangilandi: 23:03 24.02.2022)
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy
/ Obuna bo‘lish
Kiyevni Minsk shartnomalarini, AQSh Rossiyaning strategik xavfsizlik kafolati shartnomasiga mensimaslik namoyish qilganidan so‘ng - Rossiya o‘z xavfsizligini harbiy-texnik vositalar bilan hal qilishga kirishdi - Xrolenko.
TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.
Rossiya hozir o‘tkazayotgan harbiy operatsiyasi ukrainani demilitarizatsiya qilish va DXR va LXRni himoya qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra Rossiya qo‘shinlari allaqachon “Kiyev bo‘sag‘asida turibdi”, lekin, menimcha bunday vaziyatda faqat rasmiy manbaalarga tayanish kerak.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra ayni damda Ukraina havo mudofaa tizimi hamda Ukrainaning barcha harbiy havo bazalari ishdan chiqarilgan. Harbiy nuqtayi nazardan bu judmuhim fakt, demak – Ukraina osmonida har qanday parvozlar ta’qiqlangan va u tozalangan.
Bu NATO tomonidan qandaydir yordam berishga urinish, Ukrainaning biror aerodromiga qo‘nish kabi qaltis harakatlarni istisno qiladi. Ustiga ustak, harbiy yordam berish maqsadida kelgan har qanday samolyot urib tushirilish xavfi ham borligini unutmaslik kerak.
Batafsilroq aytganda, Rossiya ushbu harakatlardan oldin 8-yil davomida diplomatik uslublar bilan Ukrainadagi mojaroni hal qilishga harakat qilib keldi. Kiyev, katta qiyinchiliklar bilan erishilgan Minsk shartnomalarini bajarmado va so‘nggi kunlarda ularga nisbatan surbetlarcha mensimaslik namoyish qilindi.
Ular o‘zlari yaqinda biz NATOga kiramiz va bizga zamonaviy havo mudofaa tizimlari berishadi deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Lekin Rossiya Qurolli kuchlari operatsiyasi mamlakatda NATO qurollari borligi hech narsani hal qilmasligini va aksincha ushbu mamlakatga katta muammolar tug‘dirishini yana bir bor namoyish qilmoqda.
- Bizga 8yil davomida Ukraina Qurolli kuchlari Yevropani Rossiyadan himoya qilmoqda deb aytib kelishgan. Lekin hozir Ukraina armiyasi qarshilik ko‘rstishga qodirmi?
- Hozir bizning ixtiyorimizdagi ma’lumotga ko‘ra, Ukraina armiyasining shtablari, aloqa markazlari ishdan chiqarilgan. Ukraina qo‘shinlari sarosima holatda. Jahon armiyalari reytingida Ukraina 22 o‘rinda bo‘lishiga, 200 0000 askar, 2000 tank, 70 ta qiruvchi va 30ta vertolotga ega bo‘lishiga qaramasdan – bu raqamlar hech narsani hal qilmaydi.
Ukraina armiyasi ko‘z o‘ngimizda tarqalib ketmoqda. Vaziyat Amerikaliklar Afg‘onistonni tarq etganda bo‘lganday. Ukrainaning Su-27 samolyoti Rossiya bilan jang qilishni istamay, qo‘shni Ruminiya hududiga qochib o‘tmoqda.
- Menimcha Ukrainani to‘liq demilitarizatsiya qilish uchun 5 kundan kam vaqt kerak bo‘ladi. Bunga “Do‘stlarni tinchlikka undan” operatsiyasi kabi qaraydigan bo‘lsak.
- Demilitarizatsiya degani o‘zi nima?
- Bu harbiy infratuzilmani to‘liq yo‘q qilish degani, jumladan NATOning qahramon shahar Ochakovodagi razvedka bazasini ham. Gap qurol-aslaha omborlari, boshqaruv punktlari, harbiy texnika, aerodromlar harbiy aviatsiya. Xullas DXR, LXR yoki Rossiyaga bugun yoki kelajakda tahdid solishi mumkin bo‘lgan barcha vositalar. Bunda odamlarni, albatta, hech kim o‘ldirishni istamaydi. Harbiylarga, qurollarini topshirib uylariga borish taklif qilingan.
Shundan so‘ng Ukrainada yangilangan hukumat va yangilangan armiya tashkil qilinadi. Yangi Ukraina qo‘shnilarga boshqa tahdid solmaydi - Belarusga, Rossiyaga, Donbass respublikalariga.
- Ukraina harbiylaridan qanchasi o‘z xoxishi bilan qurolini topshiradi deb o‘ylaysiz?
- Bunga yaqqol misol bildan javob berish mumkin. 2014-yilda Qrim yarim oroli umumxalq referendumi asosida Rossiyaga qo‘shilga qaror qilganda, u yerdagi Ukraina harbiylarining 90% o‘z xohishi bilan Rossiya Qurolli kuchlari tarkibiga o‘tgan edi. Ular o‘shanda bu tarixiy imkoniyat ekanini yaxshi tushunishgan edi.
2022 yilda ham Ukraina harbiylarining katta qismi ushbu tarixiy vaziyatni to‘g‘ri tushunishadi va to‘g‘ri qaror qabul qilishadi deb umid qilaman. Ular Donbas chegaralarida so‘nggi tomchi qoni qolgunicha kurashishga tayyor emas deb o‘ylayman.
Texnik nuqtayi nazardan, boshqaruv markazlari yakson qilingan, aloqalar uzilgan vaqtda, harbiy qo‘shinlar, ularning soni qanchalik ko‘p va texnik jihatdan qanchalik jihozlangan bo‘lmasin, qurolli kuchlar sarosimaga tushgan to‘daga aylanib qoladi. Ya’ni akariyat hollarda boshqaruvni yo‘qotish – Qurolli kuchlarni yo‘qotish bilan barobar.
- Biror uchinchi davlat hozir ushbu mojaroga aralashishi mumkinmi?
- Menimcha, “hamkorlarimiz” ning Rossiya amalga oshirayotgan ushbu maxsus mudofaa operatsiyasga aralashmaslikka aqli yetadi. Lekin biror kishi aralashishga urinib ko‘rsa, javob simmetrik va juda qattiq bo‘ladi. Rossiya Bosh shtabi xaritalarida alyansning ham, AQShning qo‘mondonlik boshqaruv punktlari nishon sifatidan belgilangan bo‘lsa kerak. Nafaqat Yevropadagi. Shu sababdan ushbu mojaroni uchinchi jahon urushi darajasiga olib chiqish NATOning ham AQShning ham manfaatlariga javob bermaydi.
Rossiyaning chekinadigan boshqa joyi qolmadi. Bizning barcha uchun teng huquqli bo‘lgan xavfsizlik to‘g‘risida tashabbuslarimizga “hamkorlar” mensimaslik bilan javob qaytarishdi. Shundan so‘ng Rossiya – mayli, unda biz o‘z xavfsizligimizni harbiy-texnik vositalar bilan hal qilamiz, deb javob qaytardi. Menimcha bu juda halol va tarixiy adolatlidir.
- NATO Rossiya harakatlarga javob berishni va’da berdi? Bu qanday javob bo‘lishi mukin?
- NATO Rossiyaga javob bera olmaydi, chunki NATO texnologik jihatdan juda zaif. Ularning Boltiqbo‘yi yoki Ruminiyada joylashgan kam sonli oldingi saf qo‘shinlari yarim soat ichida yo‘q qilinishi mumkin. Raketa zarbalari bilan. Hech qanday havo mudofaa tizimlari ushbu zarbadan himoya qila olmaydi. NATOdagilar buni juda yaxshi tushunadi. Biz bugun Brussel va Vashingtondan eshitayotgan gaplar – shunchaki og‘iz ko‘pirtirish. Real vaziyatni tushunadigan harbiy qo‘mondonlar AQSh prezidentiga Baydenga biroz oldin Rossi bilan 3 bosqichli kelishuv imzolashni taklif qilishgan edi. Menimcha bu to‘g‘ri yo‘l:
1.
Rossiya bilan Depr darosidan nariga o‘tmasligi haqida kelishib olish2.
Sharqiy Yevropadan xorijiy kuchlarni olib chiqish3.
Bo‘lajak harbiy o‘quv mashg‘ulotlarda ham harbiy tanglikni kamaytirishMenimcha, bu safar harbiy qo‘mondonlar siyosatchilardan ko‘ra malakaliroq bo‘lib chiqishdi. Nima bo‘lganda ham NATO Rossiyaga hech qanday javob qaytara olmaydi.
- Rossiya Qurolli kuchlari qanday texnik vositalardan foydalanmoqda?
- Mudofaa vazirligi o‘z xabarlarida bunga aniqlik kiritmagan. Ukrainadek yirik davlatning harbiy infratuzilmasini bir necha soat ichida yo‘q qilib tashlash oson emas. Ukraina osmonida biz hech qaday samolyotlarni ko‘rmadik, demak ular yuqori aniqlikda zarba beruvchi raketalardan foydalanishgan. Lekin bu 100% aniq emas.
Raketa texnologiya sohalarida Rossiya bugungi kunda jahonda yetakchi. Faqat Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyorida gipertovush tezligidan bir necha barobar tez uchadigan raketalarning turli xillari mavjud. “Kalibr”, “Iskander”, “Kinjal” va boshqalar. Ular quruqlikda, samolyotlar va kemalarda joylashtirilishi mumkin.
Alohida aytib o‘tmoqchiman, bizning O‘rta-yer dengizida ham bir necha raketalar bilan qurollangan strategik bombardimonchi va qiruvchi samolyotlari bor. Har ehtimolga qarshi. U yerda biror kishi “tomogavk” raketalari bilan Ukrainaga yordam bermoqchi bo‘lsa.
Xullas men, xavotirga o‘rin yo‘q, hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman.
- Yaqin kelajakda nimalarni kutish mumkin?
- Menimcha yaqin kelajakda Ukrainada katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, siyosiy ma’noda. Ukraina Konstitutsiyasiga o‘zgarish kiritiladi. U yerdan Rossiyaga qarshi qaratilgan va NATOga kirishga qaratilgan bo‘limlar olib tashlanadi.
Shuningdek, ushbu qadam kelajakda butun Sharqiy Yevropani tinch va xavfsiz hududga aylantirishga yordam beradi. Ruminiya, Moldova, Polsha va Yevropaning boshqa uzoqroq davlatlari uchun ham bu yaxshigina saboq bo‘ladi. O‘ylaymanki, ular Ukraina misolida o‘z hududida xorijiy davlat qo‘shnlarini joylashtirish naqadar xavfli bo‘lishi mumkinligiga tushunib yetishadi.
Rossiya bilan munosabatlarni, biz oldin aytgandek, teng huquqli xavfsizlik asosida qurish kerak.
To‘liq intervyuni rus tilida Sputnik Youtube kanalida tomosha qilish mumkin.