Toshkentdan Rostov va Krasnodarga parvozlar bekor qilindi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy aeroport "Rostov-na-Donu"
Mejdunarodniy aeroport Rostov-na-Donu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
“Uzbekistan Airways” AJ Rostov va Krasnodarga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qiladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ Rossiya Federatsiyasining Rostov-na-Donu (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi munosabati bilan, aviakompaniya quyidagi rejalashtirilgan muntazam qatnovlar bekor qilinganligini ma’lum qildi:
HY-9647/9648 Toshkent-Rostov-na-Donu-Toshkent yo‘nalishida – 25, 27-fevral va 2-mart kunlari;
HY-9687/9688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida – 27-fevral i 1-mart kunlari;
HY-3687/3688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida – 2-mart kuni.
Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
Yangiliklar lentasi
0